Ruminiyada davlat to‘ntarishiga urinishda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ish figurantlaridan biri - 101 yoshli general
Hibsga olingan shaxslar «Ruminiya va Rossiya hududlarida bo‘lgan chet el hukumatlarining agentlari bilan bir necha bor aloqaga kirishgan». Ular mamlakatdagi konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirishni rejalashtirgan.

Foto: Getty images
Ruminiyada hokimiyatni to‘ntarishga uringanlikda gumonlanib olti kishi hibsga olindi. Bu haqda Uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi tergov boshqarmasi ma’lum qildi.
Ruminiya tergovi versiyasiga ko‘ra, 2023 yilda olti nafar gumonlanuvchining besh nafari mamlakat «suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazish maqsadida» uyushgan jinoiy guruh tuzgan — ular «mamlakat mudofaa qobiliyatini zaiflashtirishni» rejalashtirgan. Keyingi yilda gumonlanuvchilar safiga yana bir kishi qo‘shilgan.
Tergovning hisoblashicha, gumonlanuvchilar «Ruminiya va Rossiya hududlarida bo‘lgan chet el hukumatlarining agentlari bilan bir necha bor aloqaga kirishgan». Guruh tarkibida bir nafar general-mayor ham bo‘lgan. Uning va boshqa gumonlanuvchilar ismi oshkor etilmagan.
Jinoiy guruh a’zolari o‘z tarafdorlarini og‘dirib olish bilan shug‘ullangan va internetda turli videolarni e’lon qilib kelgan — masalan, Ruminiya hukumatiga, milliy va xalqaro tashkilotlarga murojaatlar. Bundan tashqari, gumonlanuvchilar Ruminiyaning NATOdan chiqishi, konstitutsiyaviy tuzumni almashtirish, partiyalarni tarqatib yuborish, yangi hukumat o‘rnatish, mamlakat nomi, bayroq va madhiyasini o‘zgartirish bo‘yicha «tashqi kuchlar» bilan muzokaralar olib borgan.
Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchilarning ikki nafari 2025 yil yanvar oyida Moskvaga borib, «tashkilotning Ruminiyada davlat hokimiyatini qo‘lga kiritish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor» odamlar bilan aloqada bo‘lgan.
«Ozodlik radiosi»ning Ruminiya xizmati manbasiga ko‘ra, ish figurantlaridan biri — 101 yoshli iste’fodagi general Radu Teodorudir. U hibsga olinmagan, ammo 5 martda uning uyiga tergovchilar kelgan.
5 mart kuni Ruminiya TIV mamlakatdagi Rossiya harbiy attashesi va uning yordamchisini «persona non grata» deb e’lon qilgandi. Bunga ularning harakatlari «1961 yilgi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qoidalariga mos kelmasligi» sabab qilib ko‘rsatilgan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda tarixiy yodgorlikka 27 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Jamiyat | 11:29
-
Yer toifasini o‘zgartirib berish uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 11:14
-
O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi sobiq boshlig‘i To‘lqin Qosimov vafot etdi
O‘zbekiston | 10:41
-
Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tarixiy davlat tashrifi. Tafsilotlar
O‘zbekiston | 10:39
Mavzuga oid

20:46 / 24.06.2025
Armaniston bosh vaziri Pashinyan davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lganini e’lon qildi

21:12 / 23.05.2025
Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga aloqador o‘nlab harbiylar hibsga olindi

14:20 / 23.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovlari natijasi bo‘yicha shikoyat rad etildi

12:55 / 19.05.2025