Buxoroda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik korxonalar soni 186 taga yetdi
Buxoro viloyati hokimi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda 2024 yilda amalga oshirilgan ishar, istiqboldagi loyihalar hamda viloyatning turistik salohiyati haqida ma’lumot berildi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi
Buxoro viloyatida sayyohlarga zarur infratuzilmani yaratish maqsadida mehmonxonalar soni 607 taga, sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik korxona soni esa 186 taga yetkazildi. Bu haqda viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, viloyatda turistlar tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan tarixiy ahamiyatga ega inshootlar soni 300 tadan oshgan. Shuningdek, 2024 yil noyabrda «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi» doirasida Vobkentda «Shirin» turizm qishlog‘i va G‘ijduvonda «Qo‘rg‘on» turizm mahallasi maqomini olgan. Ta’kidlanishicha, hozirda Buxoro viloyatining to‘qqizta tumanidagi 11 ta hududda «turizm qishlog‘i» tashkil etilishi bo‘yicha amaliy sa’y-harakat olib borilmoqda.
Matbuot anjumani davomida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish-bunyodkorlik sohasida 2024 yilda Buxoro viloyatida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 991,3 milliard so‘m mablag‘ evaziga 137 ta obektni yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilgan.
Shuningdek, o‘tgan yilda viloyatda aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 127 ta, jami 6010 ta xonadonli ko‘p qavatli uy-joy zamonaviy andozalar asosida qurib foydalanishga topshirilgan.
Iqtisodiyot sohasida yalpi hududiy mahsulot hajmi 2024 yil yakuni bilan 71,6 trillion so‘mga yetkazilib, bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 106,6 foizga oshishiga erishilgan. Aholi bandligini ta’minlash dasturlari doirasida 2024 yilda jami 236 ming nafar aholining bandligi ta’minlangan.
Mavzuga oid

16:25 / 05.03.2025
Buxoroda 20 yoshli yigitning ichidan 5 to‘g‘nog‘ich va 6 mix olib tashlandi

20:39 / 28.02.2025
Buxoroda 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

10:51 / 22.02.2025
270 mln so‘mdan ziyod gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

21:37 / 20.02.2025