Buxoroda 20 yoshli yigitning ichidan 5 to‘g‘nog‘ich va 6 mix olib tashlandi
Yigit RShTYoIM Buxoro filialiga ko‘ngil aynishi, epigastral sohasidagi kuchli og‘riq va ovqat o‘tishining qiyinlashishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan. Rentgenografiya tekshiruvidan so‘ng bemorda zudlik bilan endoskopik amaliyot o‘tkazilgan.

Foto: RShTYoIM Buxoro filiali
RShTYoIM Buxoro filiali mutaxassisi tomonidan yosh yigitning oshqozon va 12 barmoqli ichaklariga tushgan yot jismlar muvoffaqiyatli olib tashlandi. Bu haqda filial axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, RShTYoIM Buxoro filialiga 2005 yilda tug‘ilgan bemor ko‘ngil aynishi, epigastral sohasidagi kuchli og‘riq va ovqat o‘tishining qiyinlashishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan. Psixiatr nazoratida ro‘yxatda turuvchi yigit 2 kun oldin ko‘p to‘g‘nog‘ich va mix yutganini bildirgan.
Bemorda o‘tkazilgan rentgenografiya tekshiruvida oshqozon va 12 barmoqli ichakda metallsimon yot jismlar, to‘g‘nog‘ich va mixlar borligi aniqlangan.
Yigitda zudlik bilan endoskopik amaliyot usuli muvoffaqiyatli bajarilgan. Xirurg endoskopist A.Haydarov tomonidan maxsus endoskopik qisqich va ilgaklar yordamida bemor oshqozoni va 12 barmoqli ichak bo‘shlig‘idan 5 dona to‘g‘nog‘ich hamda 6 dona mix olib tashlangan.
Hozirda bemorning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgarib, oshqozon ichak traktidagi patologik muammolar bartaraf qilinishiga erishilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, so‘nggi yillarda aholining oshqozon, ichak organlariga yot jismlarning tushishi bo‘yicha tibbiyot muassasalariga murojaatlar qilish holatlari nisbatan ko‘paygan. Yot jismlarning oshqozon, ichak va boshqa organlarga tushishi holatlari 1 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan erkak va ayollarda ko‘p uchraydi.
Mavzuga oid

23:33 / 06.03.2025
Buxoroda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik korxonalar soni 186 taga yetdi

20:39 / 28.02.2025
Buxoroda 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

10:51 / 22.02.2025
270 mln so‘mdan ziyod gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

21:37 / 20.02.2025