Prezident advokatlar duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish topshirig‘ini berdi
Shavkat Mirziyoyev ayrim idoralar tomonidan sudga ta’sir o‘tkazishga urinishlar hali-hanuz davom etayotganini ta’kidladi. Shuningdek, davlat rahbari advokatlar ishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga doir qonun loyihasini 3 oy ichida kiritishni topshirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
5 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash faoliyati yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, odil sudlov sifati va samaradorligini oshirish doimo diqqat markazida bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
Yig‘ilishda sudlar mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha katta islohotlar amalga oshirilganiga qaramay, sudyalarni majlisga chaqirish, ularga vakolatiga kirmaydigan vazifalarni yuklash holatlari ham uchrab turgani qayd etildi. Shuningdek, ayrim idoralar tomonidan sudga ta’sir o‘tkazishga urinishlar hali-hanuz davom etayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
«Barcha rahbarlarni qat’iy ogohlantiraman. Sudlar faoliyatiga har qanday aralashish odil sudlovga soya solish deb baholanadi. Bu bo‘yicha so‘rov ham, javobgarlik ham qattiq bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bilan birga odil sudlovni amalga oshirishda advokatlar o‘rni juda muhimligi, bu borada advokatlarga himoyasidagi fuqaroga o‘z vaqtida huquqiy yordam ko‘rsata olishlari uchun imkoniyat yaratish kerakligi qayd etildi.
«Mutasaddilarga uch oy ichida sifatli yuridik yordam ko‘rsatilishida advokatlar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha qonun loyihasini kiritish topshirildi», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

14:45
G‘aznani o‘mardingmi, 10 barobar qilib qaytarasan – Sadir Japarov

09:40
Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

22:32 / 26.06.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi

15:03 / 26.06.2025