Ko‘chmas mulkning bozor narxiga yaqin qiymatini aniqlash maqsadida ommaviy baholash o‘tkaziladi
O‘zbekistonda yangicha usullar va mexanizmlar orqali ko‘chmas mulk obektlarining bozor narxiga yaqin qiymatini aniqlash yo‘lga qo‘yiladi. Yil oxirigacha Toshkentda eksperiment o‘tkazilib, ommaviy baholashdan o‘tkazilgan mol-mulklar va yer uchastkalari uchun mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bazasi qayta belgilanadi, shuningdek, soliq stavkalari pasaytirilishi mumkin.

«Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, ko‘chmas mulk obektlarining bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlashning zamonaviy usullari va mexanizmlarini joriy etish va keng qo‘llash, aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy aktivlari o‘sib borishi uchun qulay shart-sharoit yaratishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
- respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uchastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlash;
- ko‘chmas mulk obektining soliq solish, oldi-sotdi qilish, garovga qo‘yish, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va boshqa holatlar uchun aniqlanadigan qiymati o‘zaro mutanosib bo‘lishini ta’minlash;
- ko‘chmas mulk bozoriga oid ishonchli, to‘liq va davriy ravishda yangilanib boradigan axborot bazani yaratish;
- soliq solishda adolatlilik tamoyilini yanada keng joriy etish.
2025 yildan bosqichma-bosqich barcha ko‘chmas mulk obektlari ularning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkaziladi.
Ommaviy baholash ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- 2025–2026 yillarda – sinov tariqasida Toshkent shahrida;
- 2026–2027 yillarda – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;
- 2027 yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil 1 dekabrga qadar, Toshkent shahridagi eksperimentning dastlabki natijalaridan kelib chiqib, ommaviy baholashdan o‘tkazilgan mol-mulklar va yer uchastkalari uchun mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazaani qayta belgilash va soliq stavkalarini pasaytirish bo‘yicha hukumatga taklif kiritishi kerak.
Farmonga ko‘ra, Kadastr agentligi huzurida Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etiladi.
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida:
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi – yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ;
- Kadastr agentligi – maxsus vakolatli organ;
- Milliy markaz – ijro etuvchi organ etib belgilandi.
Ommaviy baholash tizimini normativ-huquqiy va uslubiy jihatdan ta’minlash uchun «Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyoti» belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
2026 yil oxirigacha Toshkent shahridagi eksperiment natijalari, ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro ekspertlarning xulosalari va tavsiyalari asosida «Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
2025 yil 1 noyabrgacha ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotiga asosan quyidagilar ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi:
- «Ko‘chmas mulk bozori monitoringi» avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
- «Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash» avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Ukraina Volgograddagi harbiy aerodromga hujum qildi. Ikkita Su-34 samolyoti yo‘q qilingani aytilmoqda
Jahon | 23:31 / 27.06.2025
-
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi
Jamiyat | 23:04 / 27.06.2025
-
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz ish boshladi, aka 3 yoshli ukasini sotuvga qo‘ydi, Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» bilan taqdirlandi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:53 / 27.06.2025
Mavzuga oid

11:39 / 20.06.2025
Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

16:00 / 19.06.2025
Malayziya ko‘chmas mulk kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi

10:50 / 12.06.2025
Ko‘chmas mulk obektlari savdosi tartibi o‘zgardi

11:02 / 03.06.2025