Ekologiya vazirligi daraxtlar kesilishi kamayib borayotganini e’lon qildi
Vazirlik keltirgan raqamlarga ko‘ra, 2024 yilda qimmatbaho daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari 1098 tani tashkil qilgan.

Foto: Ekologiya vazirligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va hududiy nazorat boshqarmalari inspektorlari tomonidan daraxtlar kesilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy nazorat-reyd tadbirlari olib borilmoqda. Buning natijasida o‘tgan yillar davomida daraxtlar, xususan, moratoriyga kiritilgan qimmatbaho daraxtlar kesilishi kamayib boryapti. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, prezidentning 2019 yil 30 oktyabrdagi farmoniga asosan o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy e’lon qilingan. 2021 yil 30 dekabrdagi farmonga ko‘ra esa daraxtlar kesilishiga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirildi.
Ekologiya vazirligi keltirgan raqamlarga ko‘ra, 2022 yilda qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesilish holatlari 1669 tani tashkil qilib, 2021 yilga nisbatan 2513 taga yoki 61 foizga kamaygan. 2023 yilda esa qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesilish holatlari 1097 taga yetib, 2022 yilga nisbatan 572 taga yoki 35 foizga qisqargan.
2024 yilga kelib qimmatbaho daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari 1098 tani tashkil qilgan. Shuningdek, jamoatchilik nazorati va profilaktika tadbirlari doimiy olib borilishi natijasida o‘tgan yil davomida 142 ming 135 tup qimmatbaho daraxtlar, 492 ming 136 tup kam qimmatli daraxtlar, jami 634 ming 271 tup daraxtlar kesilishining oldi olinib, ularning yashovchanligi saqlab qolingan.
Ta’kidlanishicha, Ekologiya vazirligi daraxtlarni noqonuniy kesish holatlarini keskin qoralaydi va bu boradagi reyd tadbirlari davom etadi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

14:47 / 01.07.2025
So‘nggi 2,5 yilda tabiatga salkam 1 trln so‘m zarar yetkazildi

18:24 / 24.06.2025
Britaniyalik olimlar ichak tayoqchasini modifikatsiya qilib, plastmassani paratsetamolga aylantirdi

15:40 / 24.06.2025
Chilonzorda yana daraxtlar kesildi. Ekologiya organi sukutda

15:09 / 03.06.2025