Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
Karmana tumanidagi 15-maktab o‘quvchisi farzand ko‘rdi. Ushbu maktabda o‘tgan yili ham erta tug‘uruq holati kuzatilgan. Holatni prokuratura o‘rganmoqda.
Karmana tumanida maktab o‘quvchisi ona bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, tumandagi 15-umumta’lim maktabining 8-sinfida o‘qiydigan o‘quvchi farzandli bo‘lgan. Buni Kun.uz’ga Karmana tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Sarvar Ochilov ham tasdiqladi.
Sarvar Ochilovga ko‘ra, hozirda holat prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda. Maktab direktori Yulduz O‘roqovaning ishda qolish-qolmaslik masalasi ko‘rib chiqiladi.
Kun.uz manbasining qo‘shimcha qilishicha, maktab direktori topshirig‘iga asosan ona bo‘lgan o‘quvchi garchi maktabga kelmasa-da, unga ayrim fanlardan baho qo‘yib borilgan.
Ushbu maktabda o‘tgan yili ham erta tug‘uruq holati kuzatilgan. O‘shanda maktabning 10-sinf o‘quvchisi ona bo‘lgan. Hozirda bu o‘quvchi 11-sinfda tahsil olmoqda.
Oldinroq Xorazmda 7-sinf qizi farzand ko‘rgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti

11:43 / 13.05.2025