Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi
Elit Osiyo Chempionlar ligasi nimchorakfinal birinchi o‘yini doirasida «Paxtakor» «Al Hilol»ni Toshkentda mag‘lub etishga erishdi.

Portugaliyalik Pedro Moreyra murabbiyligidagi «Paxtakor» «Jar» stadionidagi o‘yinda Saudiya Arabistoni chempionidan ustun keldi. 29-daqiqada Riaskosning uzatmasidan keyin Flamarionning goli poytaxtliklarga javob o‘yini oldidan muhim g‘alabani keltirdi – 1:0.
Qayd etish joiz, Toshkent klubi o‘z tarixida ilk bor Ar-Riyod jamoasini mag‘lub etishga erishdi. «Al Hilol» joriy mavsum OChLda ilk mag‘lubiyatni tan oldi.
Javob bahsi 11 mart kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi.
Elit OChL. 1/8 final. Birinchi o‘yin
«Paxtakor» — «Al Hilol» - 1:0
Hakamlar: Ma Ning, Ju Fey, Jan Chen (Xitoy), Nasrullo Kabirov (Tojikiston).
Gol: Flamarion, 29.
«Paxtakor»: 19.Jonatan Luiz, 3.Shahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullayev, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Diyor Xolmatov (45.Rezan Bashar, 80), 17.Dostonbek Hamdamov (30.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 80), 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdurauf Bo‘riyev, 47.Jonatan Lukka, 50.Flamarion, 94.Brayan Riaskos (37.Igor Sergeyev, 55).
Zaxira: 1.Nikita Shevchenko, 12.Vladimir Nazarov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 9.Ibrohim Ibragimov, 15.Diyor Ortiqboyev, 44.Mahmudjon Mahamadjonov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov, 99.Ulug‘bek Hoshimov.
«Al Hilol»: 37.Yassin Bunu, 3.Kalidu Kulibali, 4.Halfan Ad-Dovsari, 5.Ali Al Bulayhi (28.Muhammad Kanno’, 39), 8.Ruben Nevesh, 11.Markos Almeyda, 16.Nosir Ad-Dovsari, 22.Sergey Milinkovich-Savich (99.Abdulloh Al Hamiddan, 76), 27.Kayo (24.Moteb Al Harbi, 61), 29.Salim Ad-Dovsari, 77.Malkom.
Ogohlantirishlar: Shahzod Azmiddinov (34), Abdulla Abdullayev (78), Kalidu Kulibali (83).
Mavzuga oid

02:13 / 18.02.2025
«Paxtakor» - Elit OChL 1/8 finalida

21:13 / 17.02.2025
Elit OChL. «Paxtakor» Riaskosning dubli evaziga «As Sadd»ni mag‘lub etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi

23:34 / 04.02.2025
Elit OChL. «Paxtakor» Qatarda mag‘lubiyatga uchradi

05:19 / 28.01.2025