379 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metallni qayta ishlash sexi aniqlandi
Namangan viloyatining Norin tumanidagi metallni qayta ishlash sexida 379 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanildi.

Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, “O.M.S.S” MChJ rahbari K.T. va “Energosavdo” filiali Norin tuman bo‘limi mansabdor shaxslari sexni tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulagan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (O‘g‘irlik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq undirilishi ta’minlandi.
Mavzuga oid

15:51 / 05.07.2025
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi

12:47 / 04.07.2025
Iyunda 135 mlrd so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanildi

09:55 / 20.06.2025
8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi

09:01 / 17.06.2025