Litva gurjistonlik 74 nafar amaldorni «qora ro‘yxat»ga kiritdi
Ushbu amaldorlar inson huquqlarini tizimli ravishda buzib kelgan bo‘lib, ular orasida Gurjiston Konstitutsiyaviy sudining 7 nafar sudyasi ham bor.
Litva gurjistonlik 74 nafar amaldorni o‘zining «qora ro‘yxati»ga qo‘shib, ularning mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqda Litva TIV bayonotiga tayanib, Anadolu xabar berdi.
Qayd etilishicha, amaldorlar inson huquqlarini tizimli ravishda buzib kelganliklari uchun ro‘yxatga kiritilgan. Ular orasida Gurjiston Konstitutsiyaviy sudining yetti nafar sudyasi, shuningdek, boshqa sudyalar, prokurorlar va politsiya xodimlari ham bor.
Ma’lum qilishicha, «jurnalist Mziya Amaglobeliga qarshi yolg‘on ko‘rsatma bergan va uning noqonuniy ravishda qo‘lga olinishida ishtirok etgan» shaxslarga nisbatan ham cheklovlar qo‘llanilgan.
Bayonotda aytilishicha, Boltiqbo‘yi davlatlari qariyb 100 kundan beri «hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasining harakatlariga» qarshi namoyish o‘tkazayotgan Gurjiston xalqini qo‘llab-quvvatlaydi.
2024 yil noyabr oyida «Gurjiston orzusi» partiyasi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilishini rasman e’lon qilgandi. Ushbu qadam keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab ommaviy noroziliklarni keltirib chiqardi.
Avvalroq Gurjistonning Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida mansabdor shaxslarni haqorat qilish bo‘yicha yangi modda paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bundan tashqari, ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima va qamoqqa olish muddatlari oshirilgan, Jinoyat kodeksiga ham o‘zgartirishlar kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

14:59 / 14.06.2025
Gurjistonda «O‘zgarishlar koalitsiyasi» yetakchisi Gvaramiya hibsga olindi

09:34 / 30.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchisi Nika Meliya qo‘lga olindi

13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi

10:53 / 24.05.2025