Badra Gunba Abxaziya prezidenti etib saylandi
O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Abxaziya vitse-prezidenti Badra Gunba saylovlarning ikkinchi turida g‘alaba qozondi.

Foto: Getty images
Markaziy saylov komissiyasi raisi Dmitriy Marnashning ma’lum qilishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Badra Gunba 54,73 foiz ovoz to‘plagan.
«Berilgan ovozlarning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, Ardzinba Adgur 41,54 foiz ovoz (41 ming 708 kishi), Gunba Badra esa 54,73 foiz (54 ming 954 kishi) ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Qayta ovoz berish natijalariga ko‘ra Gunba Badra Abxaziyaning saylangan prezidenti hisoblanadi», — deydi Marshan.
Marshan tomonidan keltirilgan raqamlar, shuningdek, buzilgan va barchaga qarshi ovoz berilgan byulletenlarni ham inobatga oladi.
Muddatidan oldin prezidentlik saylovlarining birinchi turi Rossiya bilan yuzaga kelgan siyosiy inqiroz sabab 15 fevralda o‘tkazilgan edi. Ikkinchi turda ikki nomzod ishtirok etdi — muxolifat vakili Adgur Ardzinba va prezident vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Badra Gunba.
Eslatib o‘tamiz, 15 noyabr kuni Abxaziya parlamenti Rossiya bilan kelishuvni ratifikatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqishi kerak edi. Biroq deputatlar kun tartibini tasdiqlay olmadi va Xalq Assambleyasi spikeri Lasha Ashuba yig‘ilish bekor etilganini e’lon qildi.
Shundan so‘ng poytaxt Suxumda muxolifat tarafdorlari va Xalq majlisi binosini qo‘riqlayotgan xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Prezident Aslan Bjaniya Suxumdagi namoyishlarni davlat to‘ntarishiga urinish deb atadi.
Oradan uch kun o‘tib, Abxaziya hukumati va muxolifat o‘rtasida boshlangan muzokaralardan so‘ng Aslan Bjaniya «mamlakatda barqarorlik va konstitutsiyaviy tuzumni saqlash maqsadida» iste’foga chiqdi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hamas G‘azoda 60 kunlik sulh bitimiga «ijobiy» javob berdi
Jahon | 08:44
-
YuNeSKO qarorgohida o‘zbek xalqining choy ichish bilan bog‘liq an’analari taqdim etildi
O‘zbekiston | 08:40
-
Tramp soliqlar to‘g‘risidagi «katta ajoyib» qonun loyihasini imzoladi
Jahon | 08:37
-
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi
O‘zbekiston | 08:25
Mavzuga oid

07:56 / 03.07.2025
MRB Rossiyaning saylovlarga aralashuviga oid hisobotdagi xatoliklar haqida ma’lumot berdi

14:58 / 04.05.2025
Ruminiyada qayta prezidentlik saylovlari boshlandi

22:10 / 22.04.2025
Bloomberg: Makron muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishi mumkin

23:52 / 09.04.2025