Toshkentda 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
Iste’molchi loyiha-texnik hujjatlarisiz, gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Foto: Hududgazta’minot
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Abdulla Qahhor ko‘chasida joylashgan “A.S.I.” MChJga tegishli binoda tabiiy gazdan foydalanish holati xatlovdan o‘tkazildi.
“Hududgazta’minot” AJ xabar berishicha, o‘rganish jarayonida iste’molchi loyiha-texnik hujjatlarisiz, gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 6 mlrd 600 mln so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Mavzuga oid

12:47 / 04.07.2025
Iyunda 135 mlrd so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanildi

10:35 / 28.06.2025
1,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

09:20 / 27.06.2025
Rossiyada gaz quvuridan yashirinib o‘tgan askarlarda saraton aniqlangani ma’lum qilindi

13:06 / 25.06.2025