O‘zbekistonliklar doriga qancha pul sarflaydi?
Fiskal cheklar bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili o‘zbekistonliklar dori vositalariga jami 19,7 trln so‘mdan ortiq pul sarflagan. Aholi jon boshiga eng yuqori xarajatlar Toshkent shahri (1,7 mln so‘m), Buxoro (746 ming so‘m) va Samarqand viloyatlarida (660 ming so‘m) qayd etilgan.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda dori-darmon eng ko‘p sotiladigan mahsulotlardan biri. Poytaxtning ayrim ko‘chalarida dorixonalar soni oziq-ovqat do‘konlari sonidan oshib ketganidan ham buni sezish mumkin.
Soliq qo‘mitasining Kun.uz’ga fiskal cheklar tahlili bo‘yicha taqdim qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar 2024 yilda dori vositalariga jami 19,7 trln so‘mdan ortiq pul sarflagan. Shundan 15,7 trln so‘mdan ko‘prog‘i import preparatlar, 4 trln so‘m mahalliy ishlab chiqarilgan preparatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Aholi jon boshiga nisbatan to‘g‘ri keladigan eng yuqori xarajatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Toshkent shahrida – 1,7 mln so‘m;
- Buxoro viloyatida – 746 ming so‘m;
- Samarqand viloyatida – 660,7 ming so‘m.
Eng kam xarajatlar:
- Qashqadaryo viloyatida – 308,9 ming so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 302,3 ming so‘m;
- Surxondaryo viloyatida – 289,5 ming so‘m.
Umuman o‘tgan yilda dori vositalari uchun eng katta xarajatlar Toshkent shahri (5 trln so‘m), Samarqand (2,6 trln so‘m) va Farg‘ona viloyatida (1,5 trln so‘m) qayd etilgan.
Eng ko‘p mablag‘ quyidagi kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalariga sarflangan:
- yurak-qon tomir kasalliklari;
- infeksion kasalliklar;
- og‘riq qoldiruvchi vositalar;
- asab tizimi kasalliklari;
- oshqozon-ichak kasalliklari
Dori vositalari importi
Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonga 1 mlrd 744,7 mln dollar farmatsevtika va tibbiyot buyumlari import qilingan. Shundan 1,5 mlrd dollarlik mahsulotlar aynan chakana savdo uchun olib kirilgan dori vositalari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilda 0,5 mlrd dollarlik go‘sht mahsulotlari, 258 mln dollarlik un va un mahsulotlari, 373 mln dollarlik o‘simlik yog‘lari import qilingan. Umumiy oziq-ovqat mahsulotlarining importi esa 3 mlrd 917 mln dollarni tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Rossiya telekanallari ko‘priklar portlatilishi va harbiy aerodromlarga hujumlarni qanday yoritdi?
Jahon | 12:10
-
O‘rmon agentligi tashkil etildi
O‘zbekiston | 12:01
-
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Jahon | 11:45
Mavzuga oid

12:10 / 30.05.2025
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi ochiqlandi

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

08:17 / 29.05.2025
Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5,3 mlrd so‘mlik dorilar to‘xtatib qolindi

19:53 / 28.05.2025