O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi
Buxoro, Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston hududidan shu paytgacha fanda noma’lum bo‘lgan 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi. Yangi turlarga “microdera uzbekistanica” va “microdera abdullohi” nomi berildi.
Buxoro, Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston hududidan shu paytgacha fanda noma’lum bo‘lgan 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi. Bu haqda Xorazm Ma’mun akademiyasi doktoranti Nodir Bekchanov Kun.uz’ga ma’lumot berdi. U bir necha yillardan buyon rossiyalik entomolog olim Maksim Nabojyenko bilan O‘zbekiston entomofaunasini tadqiq qilib kelayotganini aytdi. Olimga ko‘ra, yangi turlarga “microdera uzbekistanica” va “microdera abdullohi” nomi berilgan.
“Bu turlar “Tenebrionidae” oilasiga mansub bo‘lib, “microdera uzbekistanica” Kuljuktog‘ hududi (Buxoro va Navoiy viloyatlari)da va “microdera abdullohi” turi esa Sulton-Uvays tog‘i hududi (Qoraqalpog‘iston)da tarqalgan. Asosan tunda faollashadigan bu turlar quruq muhit uchun juda moslashgan endemiklardir. Mazkur urug‘ turlari butun dunyo bo‘yicha 88 tani tashkil qilib, bu ko‘rsatkich endi yana 2 taga ko‘paydi”, – dedi u.
Norbekning ta’kidlashicha, O‘zbekiston hududi entomofaunasi to‘liq tadqiq etilmagan. Ayniqsa mustaqillikdan so‘ng O‘zbekiston hududida yangi hayvon turlari kashf qilinishi deyarli kuzatilmay qo‘ygan edi. “Ammo so‘nggi yillarda chuqur tadqiqotlar olib borilyapti va bu yangi turlarning kashf qilinishida bu o‘z aksini topyapti. Entomologiya sohasi yangi bosqichga chiqib, xalqaro maydonda o‘z o‘rnini egallay boshladi”, – deb qo‘shimcha qildi olim.
Ma’lumot uchun, oldinroq O‘zbekiston ixtiofaunasi uchun yangi bo‘lgan baliq turi kashf etilgani haqida ma’lum qilingan edi.
Mavzuga oid

18:13 / 13.02.2025
Toshkent va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida chiqindi yig‘imi narxlari oshdi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

18:53 / 04.02.2025
Aholiga qoniqarsiz xizmat ko‘rsatgan sanitar tozalash korxonasi bilan tuzilgan bitim bekor qilindi

22:01 / 25.01.2025