OpenAI yangi sun’iy intellekt GPT-4.5 modelini taqdim etdi. U kodlarni yaxshiroq yozadi
Orion deb atalayotgan modelning dastlabki versiyasidan hozirda dasturiy ta’minot ustida ish olib borgan guruh va ChaGPT Pro obunachilari foydalana oladi.

Foto: AP
Amerikaning OpenAI kompaniyasi sun’iy intellektning yangi GPT-4.5 modelini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya blogida ma’lum qilindi.
OpenAI’ning qayd etishicha, yangi versiya foydalanuvchining nozik ishoralarini ham yaxshi tushunadi hamda ularga javob qaytaradi — u yozish yoki dasturlashda foydali bo‘lishi mumkin. Kompaniyadagilar GPT-4.5 oldingi modeldan kamroq xato qilishini kutmoqda.
Kompaniya ichida Orion deb atalayotgan modelning dastlabki versiyasidan hozirda dasturiy ta’minot ustida ish olib borgan guruh va ChaGPT Pro obunachilari foydalana oladi.
OpenAI’ning tadqiqotlar bo‘yicha vitse-prezidenti Nik Rayderning ma’lum qilishicha, yangi modelning imkoniyatlari 2023 yil boshida GPT-3.5ʼdan GPT-4ʼga o‘tilganda bo‘lgani kabi joriy top modelga nisbatan yaxshilanishi kutilmoqda.
Bloomberg agentligi 2024 yilda OpenAI kompaniyasi Orion modelini ishlab chiqishda qiyinchiliklarga duch kelgani haqida yozgandi. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Orion o‘ziga o‘rgatilmagan dasturlash mashqlarini uddalay olmagan. Shuningdek, kompaniya yanada takomillashgan sun’iy intellekt tizimlarini yaratishda zarur bo‘ladigan yangi, foydalanilmagan manbalarni qidirishda qiyinchilikka uchragan.
Avvalroq OpenAI sun’iy intellekt modellarini o‘qitish siyosatiga o‘zgartirishlar kiritgandi. Bu munozarali mavzularga yanada xolis yondashuvni ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan. Endi ChatGPT ilgari “taqiqlangan” savollarni ham muhokama qila oladi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00
-
«O‘ldirmaslik buyurilgan». AQSh Isroilga nimanidir taqiqlay oladimi?
Jahon | 23:30
-
To‘qayev Mirziyoyevni O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 23:24
-
KXDR ishchilari Rossiyaning Kursk viloyatini tiklash uchun yuboriladi
Jahon | 23:17
Mavzuga oid

17:40 / 24.05.2025
Sun’iy intellekt tobora kuchayib bormoqda, lekin ko‘proq xatoga yo‘l qo‘ymoqda – OAV

18:13 / 06.05.2025
OpenAI tijoriy kompaniyaga aylanish rejasidan voz kechdi

00:30 / 16.04.2025
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda

18:53 / 15.04.2025