Iqtisodiyot | 16:49 / 27.02.2025
18318
1 daqiqa o‘qiladi

25 yil oldingi 100 ming so‘m hozir qanchaga teng? – MB inflatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi

Regulyator test rejimida inflatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi. U orqali  iste’mol savatchasidagi tovar va xizmatlarning inflatsiyaga moslashtirilgan qiymatini hisoblash mumkin. 

Markaziy bank test rejimida inflatsiya kalkulyatorni ishga tushirdi – u regulyator veb-saytining “Bosh sahifasi”da “Pul kredit siyosati” bo‘limida joylashtirilgan. Ushbu kalkulyator orqali iste’mol savatchasidagi tovar va xizmatlarning inflatsiyaga moslashtirilgan qiymatini hisoblashingiz mumkin.

Skrinshot: Kun.uz. manba: Markaziy bank veb-sayti

1999 yil dekabr oyidan boshlab to bugungi kungacha istalgan sana va qiymatni kiritish mumkin. Masalan, 2000 yil yanvar oyidagi 100 ming so‘m 2025 yil yanvarda 1 mln 186 ming 396 so‘mga aylangan. Bunda davr mobaynida yig‘ilgan inflatsiya ( foizda), davr uzunligi, davr mobaynidagi o‘rtacha oylik va yillik inflatsiya (foizda) inobatga olinadi.

Skrinshot: Kun.uz. manba: Markaziy bank veb-sayti

Mavzuga oid