Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi
O‘zbekistondagi «rassrochka» bozorini nazorat qilishni boshlash rejalashtirilyapti. Markaziy bank raisi Timur Ishmetovga ko‘ra, regulyator asosiy e’tiborni «tartibga solinmaydigan, ammo ma’lum bir xatarlarni keltirib chiqaruvchi» bozorlarga qaratadi. Ulardan biri BNPL bo‘lib, u hozirda sezilarli hajmga yetgan.

Timur Ishmetov / Foto: Markaziy bank
Joriy yilning 2 may kuni Markaziy bankda Xalqaro valuta jamg‘armasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qatnashgan MB raisi Timur Ishmetovga ko‘ra, O‘zbekistonda muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Regulyator rahbarining ta’kidlashicha, Markaziy bank asosiy e’tiborni «tartibga solinmaydigan, ammo ma’lum bir xatarlarni keltirib chiqaruvchi» yangi rivojlanayotgan bozorlarga qaratadi. Ulardan biri BNPL («Buy now pay later» – «Hozir xarid qil, keyin to‘la») bo‘lib, u ayni paytda sezilarli hajmga yetgan.
«Biz allaqachon bozor o‘yinchilari bilan bir necha bor uchrashuvlar o‘tkazganmiz va banklar tomonidan aholining qarz yukida bo‘lib-bo‘lib to‘lashni hisobga olish va mijozlarning yetarli darajada himoyasini ta’minlash uchun ushbu sohani tartibga solishni joriy etishni rejalashtirayotganimizni aytganmiz», — deydi Markaziy bank raisi.
Avvalroq, MB bo‘lib to‘lash bozorini tartibga solish imkoniyatini o‘rganayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

12:24 / 24.04.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

16:34 / 18.04.2025
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi

17:09 / 05.04.2025