Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp tarafdorlari Konstitutsiyani o‘zgartirishni rejalashtirmoqda
Ular Trampni uchinchi muddatga saylanishini taqiqlovchi cheklovning olib tashlanishini istamoqda.

Foto: The New York Times
Donald Tramp tarafdorlari guruhi amaldagi prezidenti yana bir muddat o‘z lavozimida qolishi uchun Konstitutsiyani o‘zgartirish kampaniyasini boshlab yubordi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Nashrning Oq uydagi muxbiri Piter Nikolas so‘zlariga ko‘ra, Tramp o‘z tarafdorlariga to‘sqinlik qilish uchun hech qanday chora ko‘rmayapti va bundan tashqari, o‘zining navbatdagi prezidentlik muddati g‘oyasini faol ravishda ilgari surmoqda. Amerika siyosiy doiralarining ba’zi vakillarining fikriga ko‘ra, u shunchaki o‘z raqiblari va tanqidchilari «ustidan kulmoqda».
O‘tgan hafta oxirida amerikalik konservativ siyosatchilar uchun muhim voqealardan biri - Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasi (CPAC) Vashington yaqinida bo‘lib o‘tdi. Mitingda namoyish etilgan plakatlarda Tramp qadimgi Rim libosida tasvirlangan va «Uchinchi muddat loyihasi», «Tramp uchun 2028 yilda... va undan keyin!» degan shiorlar bor edi.
Nikolasning aytishicha, konferensiya tashkilotchilaridan biri, 37 yoshli Sheyn Trexo tadbirdan maqsad konservativ respublikachilarni o‘tgan oy Tramp ittifoqchisi, Tennessi shtatidan respublikachi kongressmen Endi Ogls tomonidan kiritilgan Konstitutsiyani o‘zgartirish taklifini qo‘llab-quvvatlashga ko‘ndirish ekanini aytdi.
2024 yil oxirida Trampning o‘zi ham Vakillar palatasidagi respublikachilarga uchinchi prezidentlik muddati haqida gapirgan edi. Keyinroq, uning gaplari jiddiy emasligi aytildi.
AQSh Konstitutsiyasiga ko‘ra, hech kim ikki muddatdan ortiq AQSh prezidenti bo‘lolmaydi.
AQSh Konstitutsiyasiga tuzatish kiritish o‘ta murakkab jarayon hisoblanadi. U faqat muhim konsensus bilan amalga oshirilishi mumkin va ikkita asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi: tuzatishni taklif qilish va uni ratifikatsiya qilish. Konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatish faqat federal va mintaqaviy darajada keng qo‘llab-quvvatlanganda amalga oshirilishini ta’minlash uchun jarayon murakkab qilingan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

23:54 / 14.07.2025
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin

21:01 / 14.07.2025
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi

19:14 / 14.07.2025