Toshkentda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 1 ta jangovar va 21 ta pnevmatik qurol muomaladan olindi
Toshkent shahar IIBB, DXX Toshkent shahar boshqarmasi, shahar prokuraturasi, Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda 15 yanvardan 15 fevralga qadar “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” kompleks maxsus tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi o‘tkazildi.

Foto: IIBB
Oylik davomida, tashkil etilgan maxsus guruhlar tomonidan jami 801 ta giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi vositalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Ular bo‘yicha 567 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 158 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, 76 ta holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jami 21 kg 818 gr giyohvandlik vositalari, 28 790 ta kuchli ta’sir qiluvchi, 26 kg «pregabalin» dori vositalari noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi.
Giyohvandlik vositalarini yashirish usuli orqali tarqatuvchilar bilan bog‘liq 34 ta holat aniqlanib, uning natijasida 9 kg 538 gr noqonuniy giyohvandlik moddalari hamda 3 689 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi to‘xtatib qolindi.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning savdosi bilan shug‘ullanuvchi internet do‘konlari, ularning administrator va operatorlarini aniqlash, faoliyatiga chek qo‘yish borasida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Bunday internet do‘konlarning reklamasi aks etgan jami 1 323 ta «narkograffiti»lar aniqlanib, bartaraf qilindi.
Giyohvand moddalar hamda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalariga ruju qo‘ygan 501 nafar shaxslar maxsus tibbiyot muassasalariga davolanishga yotqizildi.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 488 ta jinoyatlar “issiq izidan” fosh etildi, 160 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi, 45 nafar bedarak yo‘qolganlar aniqlanib yaqinlariga qaytarildi.
O‘tkir tig‘li buyumlarni qonunga xilof ravishda olib yurgan 2 181 nafar fuqarolar aniqlanib, tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Tezkor tadbirlar davomida 1 ta jangovar (PM), 21 ta pnevmatik qurol va 7 ta o‘q-otar ov miltig‘i hamda 14 dona o‘q-dorilar noqonuniy muomaladan olindi. Har bir holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yo‘l harakati qoidalari bilan bog‘liq 102 404 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan, qo‘pol qoidabuzarliklar 9 807 ta, mast holda avtomashina boshqarish 366 ta, svetofor ishoralariga amal qilmaslik 83 tani tashkil qilmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi
Jahon | 00:45
-
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi
Jahon | 00:21
-
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi
Fan-texnika | 00:05
-
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi
Jahon | 23:33 / 06.06.2025
Mavzuga oid

15:34 / 05.06.2025
Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi

22:38 / 03.06.2025
Bo‘rijar kanalidagi voqea qahramonlari “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

17:32 / 03.06.2025
Qurbon hayiti kuni poytaxtda jamoat transporti soat 03:00 dan ish boshlaydi

19:29 / 31.05.2025