Shomurodov «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogar
«Roma» klubi fevral oyi yakunlariga ko‘ra, oyning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: Getty images
Unga ko‘ra, Eldor Shomurodov ilk bor Rim klubida oy futbolchisi deb topilishi mumkin. O‘zbekistonlik hujumchi klub rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida hozircha 5 nomzod orasida Anxelino va Dibaladan keyingi 3-o‘rinda bormoqda. Ovoz berish 28 fevralga qadar davom etadi.
Eldor A Seriya 26-turida «Monsa»ga qarshi bahsda gol va assist qayd etib, tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi. O‘zbek hujumchisi ketma-ket o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.
Qayd etish joiz, «Roma» klubi matbuot xizmati ovoz berish jarayonini biroz murakkablashtirgan bo‘lib, ovoz berish uchun saytga kirib ro‘yxatdan o‘tishingiz talab etiladi va so‘ng so‘rovnomada ovoz berishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, Eldor Rim klubidagi 4 yillik faoliyati davomida ilk bor oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

20:54 / 10.06.2025
O‘zbekiston JCh saralashini Qatar ustidan yirik g‘alaba bilan yakunladi

20:01 / 09.06.2025
Qatar biz uchun noqulay raqib, lekin undan kuchlimiz – Temur Kapadze

20:32 / 06.06.2025
Shomurodov o‘ynaydigan «Roma»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

12:26 / 05.06.2025