“Bu faqat mengamas, hamma jurnalistga otilgan tosh” - Anora Sodiqovaning Mirsaid Haydarovga nisbatan da’vosi bo‘yicha sud yopiq o‘tadigan bo‘ldi
26 fevral kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi Anora Sodiqovaning shikoyatiga binoan “Mufasa” nomi bilan sahifa yuritadigan Mirsaid Haydarov ustidan ishni ko‘rib chiqishni boshladi. Biroq javobgarning advokati sud yopiq o‘tishini va inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanovni suddan chiqarib yuborishni talab qildi. Da’vogar Anora Sodiqovaning advokatlari esa raddiya kiritgan, sud noma’lum sanaga qoldirildi.

26 fevral kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi jurnalist Anora Sodiqova shikoyatiga binoan Mufasa taxallusi bilan ishlovchi Mirsaid Haydarov ustidan ishni ko‘rib chiqishni boshladi. 10:30 ga belgilangan sud o‘z vaqtidan kechikib boshlandi. Jarayonni yoritish uchun kelgan biror OAV jurnalisti sud boshlanguniga qadar ham ichkariga qo‘yilmay turli bahonalar bilan yo‘lakda ushlab turildi. Ma’lum bo‘lishicha, ish Fuqarolik kodeksining 100-moddasi – sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘yini himoya qilish asosida ko‘rilmoqda.
Anora Sodiqova o‘z shikoyatida Mufasa taxallusi ostida ishlovchi Mirsaid Haydarov turli aniq va anonim kanallarda u haqida kamsituvchi, sha’nini bulg‘aydigan va tuhmat gaplar yozganini bildirgan.
Sudning ochiq yoki yopiq ekaniga aniqlik kiritilmay boshlangan jarayon taxminan 40 daqiqalarda yakuniga yetarkan, javobgar Mirsaid Haydarov va uning advokati sud yopiq o‘tishini talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, da’vogar Anora Sodiqovaning advokatlari soni yetarli bo‘lgani bois sud zalidan inson huquqlari faoli, NNT vakili sifatida qatnashayotgan Abdurahmon Tashanovni chiqarib yuborish bo‘yicha alohida taqdimnoma kiritilgan.
«Jarayon avvalboshdan noaniq va noto‘g‘ri boshlandi, Haydarovning advokatlari negadir menga osilib oldi. Sha’niga nomaqbul gaplar yozilib, aziyat chekkan Anora, lekin sha’n da’vosini qarshi tomon qilmoqda», deydi Tashanov.
“Sud boshlanishida hali yopiq deb e’lon qilinmasidan avval hamma kirishi kerak edi va keyin sudya yopiq o‘tishini belgilagach chiqarib yuborsa bo‘lardi. Javobgarning advokati negadir menga yopishib oldi, chiqarib yuborishlarini talab qildi. Aytishicha, Mirsaid Haydarovning shaxsiy ma’lumotlari va rasmlari ijtimoiy tarmoqda tarqab ketyapti ekan. Aslida mohiyatan teskari, sud nega bu qarorga kelganidan hayronmiz”, - deydi Abdurahmon Tashanov.
Da’vogar Anora Sodiqovaning advokatlari sudya noxolis ekanini bildirib, NNTdan vakil sifatida huquq faoli Abdurahmon Tashanovning sudda qatnashishini ta’minlashni so‘rab, raddiya kiritishgan.
«Adolat istab sudga keldim, hech bo‘lmasa konstitutsiya ishlashidan umidvorman. Jurnalist va ayol sifatida sha’nimga aytilgan bu gaplarni qabul qilolmayman», deydi Anora Sodiqova.
“Biror rasmiy yoki davlat tashkiloti shu holimda yordam qo‘lini cho‘zmadi. Bugungi sudyadan umuman qoniqmadim, sud javobgar tomonning 2 talabini qabul qilib, biznikini qabul qilmadi. Go‘yoki men USAID mablag‘lari yoki g‘arbdan grantlar olib, evaziga qandaydir majburiyatlar olganman. USAID jismoniy shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri mablag‘lar bermasa kerak? Katta jurnalistlar yarashib olinglar deb maslahat berdi, lekin jurnalistni o‘ta og‘ir gaplar bilan yerga urganda unga hech kim indamadi. Hech bo‘lmasa konstitutsiyaga ishonib keldim, adolat istab sudga bo‘lmasa, yana qayerga bora olaman? Konstitutsiya ishlashi kerak, yagona umidim shundan. Bir jurnalistga otilgan tosh – butun jurnalistikaga otilgan tosh, deb bilaman. Shikoyatimdagi har bir holatlarni isbotlashga dalillarim bor”, deydi Sodiqova.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi
Jahon | 00:45
-
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi
Jahon | 00:21
-
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi
Fan-texnika | 00:05
-
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi
Jahon | 23:33 / 06.06.2025
Mavzuga oid

15:13 / 02.06.2025
“Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz” - senator odil sudlov masalasida

18:37 / 29.05.2025
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi

14:53 / 29.05.2025
Sud jurnalist Anora Sodiqovaning da’vosini rad etdi

12:56 / 29.05.2025