Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston FVVga yangi rahbar tayinlandi
Abdulla Qo‘ldoshev vazirlikdan ketgan. Uning o‘rnini MIBning sobiq direktori, oxirgi vaqtlarda harbiy prokuror lavozimida ishlab kelgan Botir Qudratxo‘jayev egalladi.

Foto: Bosh prokuratura
Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni imzolangan.
U shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari – Harbiy prokurori lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq Botir Qudratxo‘jayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Botir Qudratxo‘jayev muqaddam Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi, viloyat prokurori bo‘lib ishlagan (2014−2016), keyin Toshkent shahri prokurori bo‘lgan (2016−2017), 2017 yil iyunidan 2020 yil oktyabriga qadar O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlagan.
2020 yildan Xorazm viloyatiga prokuror bo‘lgan, 2022 yil noyabrida esa Bosh prokuror o‘rinbosari – Harbiy prokuror lavozimiga tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, FVVga 2022 yil martidan buyon Abdulla Qo‘ldoshev rahbarlik qilib kelayotgandi (u 2018 yildan favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida amalda vazirlik rahbari hisoblangan). Uning ishdan ketishi sababi hozircha ma’lum emas.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi
Jahon | 13:56
-
Tramp va Netanyahuning Oq uydagi muhokamalari, «Tolibon»ga qarshi xalqaro bayonotlar va bosh ko‘tarayotgan Eron-Isroil ziddiyati – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Jahon | 13:28
-
Ispaniya va Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi
Jahon | 13:20
Mavzuga oid

17:33 / 02.07.2025
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:58 / 02.07.2025
Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

14:37 / 17.06.2025