Iqtisodiyot | 10:48 / 23.02.2025
10274
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda qaysi viloyatlar yetakchi ekani ma’lum qilindi

Foto: agronet.uz

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 467 trln so‘mni tashkil etgan.

2024 yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari bo‘yicha mahsulotlar yetishtirishda quyidagi hududlar yetakchilik qilgan:

  • Farg‘onada eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan (998,5 ming tonna);
  • Andijonda eng ko‘p sabzavotlar yetishtirilgan (1 mln 833 ming tonna);
  • Samarqandda eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan (747,6 ming tonna);
  • Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan (351,5 ming tonna);
  • Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar yetishtirilgan (699,9 ming tonna);
  • Samarqandda eng ko‘p uzum yetishtirilgan (666,1 ming tonna);
  • Qashqadaryo viloyatida eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan (345,9 ming tonna);
  • Samarqandda eng ko‘p – 1 mln 456 ming tonna sut olingan;
  • Toshkent viloyatida eng ko‘p – 1 mlrd 608 million dona tuxum olingan;
  • Xorazmda eng ko‘p – 33,0 ming tonna baliq ovlangan;
  • Samarqandda 1 mln 765 ming 800 bosh yirik shoxli qoramol bor;
  • Qashqadaryoda 5 mln 109 ming 700 bosh qo‘y va echki bor;
  • Toshkent viloyatida eng ko‘p – 57 009 bosh ot bor.

Mavzuga oid