Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil «Hizbulloh» sobiq yetakchisining dafn marosimi vaqtida Livanga hujum qildi
23 fevral kuni Bayrutda «Hizbulloh»ning o‘tgan yil sentabr oyida o‘ldirilgan yetakchisi Hasan Nasrullohning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Isroil Mudofaa armiyasi esa Livan janubi va sharqidagi harbiy obektlarga zarbalar berdi.

Foto: AP
Isroil harbiylari Livan janubi va sharqidagi harbiy obektlarga zarbalar berdi. Bu haqda Isroil Mudofaa armiyasi (TSAHAL) matbuot xizmati xabar berdi.
TSAHAL ma’lumotlariga ko‘ra, hujum qilingan hududlarda Livanning «Hizbulloh» harakati «faolligi aniqlangan».
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga mamlakatning qiruvchi samolyotlari Livan tashkilotining sobiq yetakchisi Hasan Nasrullohni dafn qilish marosimi vaqtida Bayrut ustidan uchib o‘tganini ma’lum qildi.
Livandagi shialar harakati «Hizbulloh» yetakchisi Shayx Hasan Nasrulloh Yaqin Sharqdagi eng mashhur va nufuzli shaxslardan biri edi. U 64 yillik umridan 32 yilida ushbu harakatga rahbarlik qilgan. Bu davrda guruh Livandagi eng katta ta’sirga ega siyosiy kuchga aylandi. U Isroil tomonidan o‘ldirilishidan qo‘rqib, ko‘p yillardan buyon omma qarshisida ko‘rinish bermay kelardi. Ammo 2024 yil 27 sentabr kuni Isroil harbiy-havo kuchlarining Livan poytaxti Bayrut shahriga zarbasi oqibatida halok bo‘ldi.
Bugun, 23 fevral kuni Bayrutdagi stadionda o‘ldirilganiga besh oy to‘layotgan Hasan Nasrullohning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimga o‘n minglab odam tashrif buyurdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 27 noyabr kuni Livan va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilgan bo‘lib, uning doirasida isroillik harbiylar 60 kun ichida Livan janubidagi egallangan hududlardan chiqib ketishi kerak edi. Ammo Isroil tomoni Livan armiyasi mintaqaga «to‘liq joylashmaganini» ma’lum qilib, hududni tark etish muddatini 18 fevralga qadar uzaytirgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

08:24 / 30.06.2025
Isroil armiyasi Livan janubiga hujum qildi

20:14 / 27.06.2025
Isroil qiruvchilari «Hizbulloh»ning Livan janubidagi obektiga zarbalar berdi

21:42 / 07.04.2025
Livan Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchisini joylashtiradi

13:09 / 29.03.2025