Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra sud tomonidan yarashish uchun muhlat tayinlanmaydi
Senat majlisida “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Foto: Senat axborot xizmati
Qonundagi normalar oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish, qayta shu kabi tazyiqqa uchrash holatlarining oldini olish, turar joyga majburiy tartibda kiritish bilan bog‘liq masalalarni tartibga soladi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra oiladagi tazyiq va zo‘ravonlik sabab sudga ariza bilan murojaat qilinganda sud er-xotinni yarashtirish uchun muayyan muhlat beradi. Ushbu berilgan muhlat ichida oilaviy nizo va janjallar qayta sodir etilishi ayollarning o‘z joniga qasd qilishiga, ularga yetkazilgan tan-jarohatlari esa ularning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lmoqda.
Qonun bilan amaliyotga joriy etilishi kutilayotgan normalarga asosan sud ishni ko‘rishni keyinga qoldirilmay o‘z vaqtida qaror qabul qiladi, bu nizoli oilalarda muntazam zo‘ravonlik holatlari va og‘ir jinoyatlar sodir etilishining oldini oladi.
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra sud tomonidan yarashish uchun muhlat tayinlamaslik nazarda tutilmoqda.
Turar joydan foydalanish haqidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan mulkdorning tashabbusiga ko‘ra turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni mulkdorga tegishli mutanosib sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini to‘lash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkin.
Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi

16:33 / 06.03.2025
Biz har bir bola bog‘chada o‘zini erkin, xavfsiz va quvnoq his qilishini xohlaymiz - Hilola Umarova

17:01 / 03.03.2025