Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosta-Rika AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklarni qabul qilishga rozi bo‘ldi
Tashqi ishlar vazirligi vakili O‘zbekiston fuqarolarining boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar kuzatib borilayotgani, ushbu masala yuzasidan diplomatik vakolatxonalar Amerika tomoniga murojaat yo‘llaganini ma’lum qildi.

Foto: «Dunyo» agentligi
Kosta-Rika O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston va Hindiston kabi davlatlarning AQShdan deportatsiya qilingan 200 nafar fuqarosini qabul qilishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi «Dunyo» agentligi.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, AQShdan kelgan muhojirlar Kosta-Rikada olti haftagacha ushlab turilishi va vataniga jo‘natilishi mumkin. Deportatsiya qilinganlar maxsus joyda saqlanadi va ular ushbu hududni tark eta olmaydi.
AQShdan uchgan va asosan Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan 135 nafar noqonuniy muhojirni olib ketayotgan birinchi deportatsiya samolyoti 20 fevral kuni Kosta-Rikaga qo‘nishi kutilmoqda. Ushbu muhojirlarning 65 nafarini voyaga yetmaganlar tashkil qiladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonov O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxona uzoq yillardan buyon o‘zbekistonliklarning o‘z vataniga xavfsiz deportatsiyasini ta’minlash maqsadida AQShning tegishli huquq-tartibot idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotganini ta’kidladi.
«Bizning kelishuvlarimizga asosan, Amerika tomoni deportatsiya qilinadigan fuqarolarimizning har bir holati haqida tezkorlik bilan xabardor qiladi. O‘rnatilgan amaliyotga ko‘ra, fuqarolarimiz vatanga Nyu—York-Toshkent yo‘nalishi orqali qaytadi.
OAVda O‘zbekiston fuqarolarining boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni kuzatib boryapmiz. Ushbu masala yuzasidan diplomatik vakolatxonalarimiz Amerika tomonidan boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida ma’lumot berishni so‘rab murojaat qildi. Bundan tashqari, bu borada Lotin Amerikasi davlatlari bilan diplomatik kanallar orqali ham aloqalar o‘rnatilgan.
Diplomatik vakolatxonalarimiz O‘zbekistonning barcha fuqarolariga, ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, har tomonlama yordam ko‘rsatadi», — deydi TIV vakili.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

21:58 / 21.07.2025
AQSh 2008 yildan beri birinchi marta Britaniyada yadroviy bomba joylashtirdi

14:23 / 21.07.2025
AQSh Milliy razvedkasi direktori Obamani Trampga qarshi fitnada aybladi

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

21:18 / 19.07.2025