Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi
Milan prokuraturasi Googleʼga nisbatan 2015 yildan 2019 yilgacha soliqlardan qochish ishi bo‘yicha tergov boshlagan. Amerika korporatsiyasi ishni sudga qadar hal etishga kelishib olmoqchi.

Foto: AP
Amerika texnologik giganti Google Italiyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ishi bo‘yicha tergovni hal etish uchun 340 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi, deb yozadi Associated Press.
Milan prokuraturasi Googleʼga nisbatan 2015 yildan 2019 yilgacha soliqlardan qochish ishi bo‘yicha tergov boshlagan. Unda asosiy e’tibor reklama daromadlari, shuningdek, Italiyadagi serverlar va kompaniyaning boshqa infratuzilmalariga qaratilgan.
Italiya prokuraturasi kelishuvga erishilganidan keyin tergovni to‘xtatish niyatida ekanliklarini ma’lum qildi. Google ham o‘z bayonotida tergovni yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishilishini tasdiqladi va ushbu qadam soliq masalalarini «sud jarayonlarisiz» hal etish imkonini berishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentabrida Yevropa sudi 2019 yilda Yevrokomissiya tomonidan reklama shartnomalarini tuzishda raqobat qoidalarini buzgani uchun Google texnologik gigantiga nisbatan belgilagan 1,49 milliard yevro miqdoridagi jarimani bekor qilgandi.
Yevrokomissiya oxirgi yillarda Google’ga nisbatan ko‘p milliardlik jarimalarni belgiladi. Xususan, 2017 yilda Yevrokomissiya Google’ga nisbatan 2,4 milliard yevro jarima belgilagan edi — bunga kompaniya qidiruv sahifasiga o‘z servisini birinchi o‘ringa qo‘yishi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

19:20 / 19.07.2025
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi

07:35 / 18.07.2025
Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSh qurollariga pul to‘lamaydi

20:50 / 16.07.2025
2026 yilgi Qishki Olimpiada medallari taqdim etildi

21:41 / 15.07.2025