Daniya mudofaa uchun qo‘shimcha 17 mlrd dollar ajratadi
Xarajatlarning oshishi joriy va keyingi yilda Daniya mudofaasiga mamlakat YaIMning 3,2 foizi sarflanishini anglatadi.

Foto: Getty Images
Daniya hukumati mudofaa ehtiyojlari uchun qo‘shimcha 120 milliard krona (17 milliard dollar) sarflash niyatida. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Troels Lunn Poulsenga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Daniya hukumatining rejalari haqida AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa davlatlaridan mudofaa xarajatlarini oshirishni talab qilganidan keyin ma’lum bo‘ldi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, xarajatlarning oshishi joriy va keyingi yilda Daniya mudofaasiga mamlakat YaIMning 3,2 foizi sarflanishini anglatadi. Bundan tashqari, mamlakatda an’anaviy tenderlardan voz kechgan holda qurollar sotib olishni tezlashtirish va Qurolli kuchlarga mablag‘larni nimaga sarflashni mustaqil hal qilish imkoniyatini berish reja qilinmoqda.
«Sotib ol, sotib ol, sotib ol. Mudofaamizni hozir kuchaytirishi mumkin bo‘lgan narsalarni sotib ol va shu orqali bizning tutib turish imkoniyatimizni yaxshila. Eng yaxshisini sotib ololmasang, sifat bo‘yicha ikkinchisini xarid qil», — deydi mudofaa vaziri bilan birga chiqish qilgan bosh vazir Mette Frederiksen.
Yanvar oxirlarida Daniya hukumati Arktika va Shimoliy Atlantikadagi mudofaa maqsadlariga, jumladan, Grenlandiya himoyasi uchun 1,66 milliard dollar investitsiya kiritmoqchi ekani ma’lum qilingandi. Daniya dronlar sotib olish va qo‘shimcha sun’iy yo‘ldosh imkoniyatiga sarmoya kiritish niyatida. Shuningdek, mamlakat to‘rtta Thetis partul kemasini qurollanishga qabul qilishni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Yaponiyaga 10 ming o‘zbek mutaxassisini jalb qilishga qaratilgan loyihaga start berildi
O‘zbekiston | 20:09
-
O‘zbekistonda 1 noyabrdan boshlab o‘rmon fondi yer maydonlari alohida muhofaza etiladi
O‘zbekiston | 20:03
-
Yaponiyada xodimlari issiqdan qiynalayotgan kompaniyalarni jarimaga tortish boshlandi
Jahon | 19:23
Mavzuga oid

18:41
Starmer Buyuk Britaniya «urushga tayyorgarlik» rejimiga o‘tayotganini e’lon qildi

12:36
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj

11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi

23:20 / 22.05.2025