Immigratsiyani taqiqlash Yevropa aholisining 30 foizdan ortiqqa qisqarishiga olib keladi
Yevropa aholisi 2100 yilga borib 447 million kishini tashkil etadi. Har qanday holatda ham YeIning aksariyat davlatlari aholisi qisqaradi, ammo bu har bir mamlakatda turlicha kuzatiladi.

Foto: EPA
Yevropa Ittifoqi aholisi 2100 yilga borib taxminan 6 foizga qisqarib, 447 million kishini tashkil etadi. Ammo bu immigratsiyani inobatga olgan holdagi bazaviy ssenariy bo‘lib, u taqiqlangudek bo‘lsa, YeI aholisi 30 foizdan ortiqqa qisqarishi mumkin. Bu haqda Eurostat va unga asoslangan o‘z hisob-kitoblariga tayanib, The Guardian xabar berdi.
Qayd etilishicha, birinchi ssenariyda Buyuk Britaniyaning hozirda 68 millionga teng aholisi 86 millionga qadar oshadi, ikkinchi holatda — 48 million kishigacha qisqaradi. Germaniyada immigratsiya saqlanib qolsa, aholi soni biroz oshadi — hozirgi 83 milliondan 84 milliongacha, immigratsiya taqiqlansa — 53 million kishi qoladi.
Har qanday holatda ham Yevropadagi aksariyat davatlarning aholisi 2100 yilga borib qisqaradi, ammo turli darajada: Italiya aholisi immigratsiya saqlanib qolsa hozirda 59 milliondan 50 million kishigacha tushadi, u bo‘lmasa — 28 million kishi tashkil etadi.
«O‘ng va so‘l markaz siyosatchilarining aksariyati demografik bosimni yumshatish uchun immigratsiya zarurligini tan oladi. Ammo radikal o‘ng partiyalar bu hukmron konsensusga tobora ko‘proq e’tiroz bildirmoqda. Mehnatga layoqatli immigratsiyani kamaytirish bosimiga qarshi tura oladigan davlatlar uzoq muddatda kuchliroq iqtisodiy mavqega ega bo‘ladi», — deydi Centre for European Reform tadqiqot markazi tahlilchisi Jon Springford.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

21:14 / 06.06.2025
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi

15:39 / 05.06.2025
AQSh va YeI bojlar bo‘yicha muzokarani davom ettirmoqda

11:25 / 03.06.2025
YeI va AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qildi

15:08 / 01.06.2025