To‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan mahallalarda nodavlat bog‘chalar ochiladi
Vazirlar Mahkamasining "2025-2026 yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
2025 yil yakuniga qadar bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.
Hujjatga ko‘ra quyidagilar tashkil etiladi:
- turmush darajasi va to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan (kam ta’minlangan oilalar soni kam) mahallalarda DXSh asosida nodavlat bolalar bog‘chalari;
- olis va chekka hududlardagi mahallalarda (tuman va shaharlar markazida emas) oilaviy nodavlat bolalar bog‘chalari;
- daromad darajasi past (nisbatan kam ta’minlangan oilalar soni ko‘p) va demografik o‘sish sur’ati yuqori tumanlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari DXSh asosida tashkil etilib, davlat kreditlari va grantlari, shuningdek xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
- ijtimoiy muassasalarning bo‘sh turgan binolarida qisqa muddatli guruhlar.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- 2025-2026 yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
- 2025-2026 yillarda 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
- Jahon bankining "Erta yoshdagi bolalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash" loyihasi doirasida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘yin maydonchalari va tayyorlov guruhlarini stol va stullar bilan jihozlash ko‘rsatkichlari.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

11:32 / 28.02.2025
“Ishni bosdi-bosdi qilishyapti” – tarbiyalanuvchilari kaltaklangan bog‘cha egasi amaldorning qarindoshi ekani aytilmoqda

16:46 / 25.02.2025
Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi bolani stulga skotchlab qo‘ydi

08:00 / 25.02.2025
226 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan bog‘cha aniqlandi

22:18 / 05.02.2025