Qonun loyihalariga taklif bergan fuqaro uning muhokamasida ishtirok etadi
Shuningdek, «asosli va samarali takliflar» uchun rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.
Qonunchilik me’yorlariga o‘zgartirish taklif qilgan fuqarolar ushbu taklifning muhokamasida shaxsan ishtirok etadi. Bu haqda Oliy Majlis qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Takliflar endi muntazam ravishda mas’ul qo‘mitalar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Har bir taklif muhokamasida muallifning ishtiroki ta’minlanadi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, «asosli va samarali takliflar» uchun rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi. Uning qanday bo‘lishi xabarda keltirilmagan.
Ta’kidlanishicha, qonun tili murakkab bo‘lishi mumkin va Qonunchilik palatasi uni «sodda qilib tushuntirib boradi».
Mavzuga oid

15:35 / 11.05.2025
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?

11:10 / 30.04.2025
Parlamentda g‘oyalar to‘qnashuvi: Navbatdagi yalpi majlis qanday o‘tdi?

18:00 / 23.04.2025
Taklifi inobatga olinmagan liberallar, normani qat’iy himoya qilgan tashabbuskorlar – Qonunchilik palatasi yalpi majlisi qanday o‘tdi?

18:13 / 22.04.2025