Kellog AQSh Rossiyaning Eron, Xitoy va KXDR bilan ittifoqini buzmoqchi ekanini ma’lum qildi
Trampning maxsus vakiliga ko‘ra, bir necha yil oldin bunday ittifoqlar bo‘lmagan va Qo‘shma Shtatlar ularni buzish ustida ish olib bormoqda.

Foto: Global Look Press
AQSh Rossiyaning Eron, Xitoy va KXDR bilan «ittifoqini buzmoqchi». Bu haqda Amerika prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Myunxendagi konferensiya vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi CNN.
Kellogning ta’kidlashicha, bir necha yil oldin bu kabi ittifoqlar bo‘lmagan. «Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning ittifoqlarini buzish ustida ish olib boradi», — deydi u.
AQSh bunday ittifoqlarni buzish orqali Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘zi uchun «noqulay» harakatlarni qilishga majburlash umidida.
Eron va Rossiya yanvar o‘rtalarida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan edi. Unga ko‘ra, «tomonlardan biri agressiyaga uchrasa, boshqa tomon harbiy yordam ko‘rsatishi kerak bo‘ladi».
Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy yetakchisi Si Jinping ikki tomonlama hamkorlikni faol rivojlantirish masalalari haqida kelishib olgan. XXR yetakchisi ikki mamlakat munosabatlarini «etalon» deb atagan. Putin esa Xitoy bilan munosabatlarini dunyodagi asosiy barqarorlashtiruvchi omillardan biri deya ta’kidlagan.
4 dekabrda Rossiya va KXDR o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik shartnomasi kuchga kirdi. Tomonlar uni iyun oyida imzolagan edi, shartnoma muddatsiz davrga tuzilgan. Hujjatda mudofaa, iqtisodiyot, ilm-fan va energetika hamkorligi, shuningdek, o‘zaro harbiy yordam ko‘rsatish masalalari ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

19:53
Yevropa nimadan qo‘rqmoqda: mintaqa o‘zini himoya qila oladimi?

18:09
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23