Mers: Amerikaliklar Germaniya saylovlariga ochiqchasiga aralashmoqda
XDI rahbari Fridrix Mers DW nashriga bergan intervyusida Yevropani demokratiyani cheklashda ayblagan AQSh vitse-prezidenti Vensning da’volarini rad etdi. «Amerikaliklar saylovlarga ochiqdan ochiq aralashmoqda», - deydi Germaniya kansleri lavozimiga nomzod.

Foto: AP
Konservativ Xristian-demokratik ittifoq (XDI)/Xristian-sotsial ittifoq (XSI)dan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Fridrix Mers DW nashriga bergan intervyusida AQSh vitse-prezidenti Jyeyms Devid Vensning Yevropani demokratiya va so‘z erkinligini cheklashda ayblagan da’volarini rad etdi. Mers 14 fevral, juma kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Vens bilan muzokaralar o‘tkazdi.
«Amerika xavfsizlik kafolatlari so‘roq ostida qolmoqda, amerikaliklar esa demokratik institutlarni shubha ostiga qo‘ymoqda va saylovlarga ochiqchasiga aralashmoqda», dedi Mers DW nashriga.
Venc «xavfsizlik devorlarini qurmaslikka» chaqirdi
Germaniya hukumati rahbari lavozimiga nomzodning izohi Vensning «xavfsizlik devorlari qurmaslik» va «kelajakdan qo‘rqmaslikka» chaqirgan bayonotlari fonida bildirildi. Germaniyada «xavfsizlik devori» so‘zi tom ma’noda «yong‘inga chidamli devor» degan ma’noni anglatadi va barcha tomonlarning «Germaniya uchun muqobil» (GuM) bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishini tasvirlash uchun ishlatiladi.
Bir qator kuzatuvchilarga ko‘ra, 29 yanvar kuni Bundestagda Germaniyada migratsiya siyosatini qat’iylashtirish bo‘yicha ovoz berish jarayonida bu tamoyil buzilgan. Mers tomonidan taklif qilingan rezolyutsiya keyinchalik GuM tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Germaniyada Bundestagga saylovlar 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

12:45 / 10.03.2025
Germaniya temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar kechikkani uchun 196,8 mln yevro to‘ladi

10:27 / 10.03.2025
Germaniyaning 13 ta aeroportida ish tashlash boshlandi

23:28 / 08.03.2025
Germaniyada Mers va Shols partiyalari koalitsiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi

14:31 / 08.03.2025