Germaniya temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar kechikkani uchun 196,8 mln yevro to‘ladi
Germaniyaning Deutsche Bahn temiryo‘l kompaniyasi 2024 yilda poyezdlarning kechikishi va qatnov bekor qilingani uchun 196,8 million yevro tovon to‘ladi. Kechikishlarning asosiy sababi tarmoqlarning eskirishi bo‘lgan.

Foto: Sina Schuldt/dpa/picture-alliance
2024 yil oxiriga kelib Germaniyaning Deutsche Bahn temiryo‘l konserni yo‘lovchilarga poyezdlarning kechikishi va bekor qilingani uchun 196,8 million yevro tovon to‘ladi. Kompaniya bu ma’lumotni 8 mart, shanba kuni Bild am Sonntag nashriga taqdim etdi.
Nashr buni «rekord summa» va «temiryo‘l uchun yangi qayg‘uli rekord» deb atadi. 2023 yilda shunga o‘xshash tovonning umumiy hajmi 132 million yevroni tashkil etgandi.
Kechikishlarning asosiy sababi - tarmoqlar eskirishi
Deutsche Bahn 2024 yilda kechikishlarning 80 foizi temiryo‘l tarmog‘ining eskirishi va tirbandligi bilan bog‘liq bo‘lganini ma’lum qildi. 2030 yilga borib konsern yo‘llar, aloqa tarmoqlari va stansiyalarni kapital rekonstruksiya qilish uchun Germaniya bo‘ylab jami 40 ta muhim temiryo‘l uchastkalarini bir necha oyga yopishni rejalashtirmoqda.
2024 yilda zararni qoplash uchun 6,9 millionta da’vo arizasi berilgan. Ular elektron shaklda topshirilishi mumkin, bu esa ko‘rib chiqish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi. O‘tgan yili arizalarning yarmi ikki kun ichida ko‘rib chiqilib, shundan so‘ng jabrlanuvchilarga pul o‘tkazilgan.
Qoidalarga ko‘ra, agar poyezd 1 soatdan ortiq kechiksa, yo‘lovchilarga yo‘l narxining 25 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanadi. 2 soat yoki undan ortiq kechikish bo‘lsa — 50 foiz.
Mavzuga oid

11:45
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

20:13 / 03.06.2025
Germaniyada Ikkinchi jahon urushiga tegishli uchta bomba sabab 20 ming kishi evakuatsiya qilinadi

23:06 / 01.06.2025
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi

20:48 / 29.05.2025