AQSh va Rossiya rasmiylari Tramp-Putin muzokaralariga tayyorgarlikni boshlaydi
Yuqori lavozimli rasmiylar Saudiya Arabistonida yig‘iladi.

Foto: Brendan Smialowski/AFP via Getty Images
AQSh va Rossiyaning yuqori lavozimli rasmiylari kelasi hafta Saudiya Arabistonida Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuvni muhokama qilish uchun yig‘iladi. Bloomberg manbalariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar fevral oyi oxirida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv tafsilotlari hozircha ishlab chiqilmoqda, unda AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols va AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff ishtirok etishi kutilmoqda.
Saudiya Arabistonidagi uchrashuvdan maqsad musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi boshlanishidan oldin, ya’ni 2025 yil 1 martgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tramp va Putin muzokaralari sanasini belgilashdan iborat.
Agentlik manbalariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvida Ukraina vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda. Ammo yevropalik siyosatchilarning ko‘pchiligi hozircha uchrashuvga tayyorgarlik haqida xabardor qilinmagan.
12 fevral kuni Donald Tramp Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qildi. Shundan so‘ng, u urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.
Vladimir Zelenskiy bir necha bor Ukraina ishtirokisiz Ukraina bo‘yicha muzokaralar olib borilmasligini aytgan.
Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg 15 fevral kuni Yevropani Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokarasi stolida ko‘rmasligini aytdi.
Mavzuga oid

23:40
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

23:36
Ukraina va AQSh Jiddada muzokaralarni yakunladi. Kiyev 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

22:44
Fransiya Ukrainaning qurolsizlantirilishiga qarshi ekanini ma’lum qildi

21:33