Jahon | 20:06 / 14.02.2025
3421
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina faqat ukrainaliklardan iborat tinchlikparvar kontingentiga tayyor - Zelenskiy

Ukraina rahbarining aytishicha, u AQShdan xavfsizlik kafolatlarini olishni xohlaydi.

Foto: president.gov.ua

Ukraina faqat ukrainaliklardan tashkil topgan tinchlikparvar kontingentiga rozi bo‘ladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

Uning qayd etishicha, Ukraina haqiqatan ham AQShdan xavfsizlik kafolatlarini olishni xohlaydi.

«Va kontingent haqida gapirganda, bugun biz Yevropa kontingentiga tayyormizmi, degan savol berildi – men faqat ukrainaliklardan tashkil topgan kontingentga tayyor ekanligimizni aytdim», dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlar qanday qurollarga ega bo‘ladi, degan savol tug‘iladi.

«Ya’ni, agar bizda 150-160 ta F-16 samolyoti va 25 ta Patriot tizimi bo‘lsa, unda bizga AQSh yoki Yevropa askarlari nega kerak?», dedi prezident.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaga AQSh ittifoqchi sifatida kerak va tinchlikparvar kontingenti askarlari soni 100 mingdan oshishi lozim.

«Agar biz kontingent haqida gapiradigan bo‘lsak – menda xarita bor, unda «chet elliklar – 110 ming» deb yozilgan», deb ta’kidladi Zelenskiy.

Mavzuga oid