Peskov: Kiyev muzokaralarda u yoki bu tarzda ishtirok etadi
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina muzokaralarda ishtirok etishini aytdi, biroq u AQShni Rossiyaning asosiy «vizavisi» deb atadi.

Foto: TASS
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks» Rossiya davlat axborot agentligi 13 fevral, payshanba kuni. Shunga qaramay, Vashington muzokaralar jarayonida Moskvaning asosiy «vizavisi» bo‘lib qolmoqda. «U yoki bu tarzda, albatta, Ukraina muzokaralarda ishtirok etadi. Bu muloqotning ikki tomonlama Rossiya-Amerika yo‘nalishi bo‘ladi va u, albatta, Ukrainaning ishtiroki bilan bog‘liq bo‘ladi», — dedi u.
Shu bilan birga, Kreml vakilining aytishicha, Putin va Tramp o‘rtasidagi suhbatda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning huquqiy maqomi muhokama qilinmagan. Avvalroq Rossiya prezidenti Zelenskiyning «noqonuniyligi» tufayli «hech narsaga imzo chekishga haqqi yo‘qligini» aytgandi.
Umuman olganda, Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasidagi telefon suhbati «konstruktiv, samarali va samimiy bo‘lgan». «Trampning so‘nggi muddatida ham ular o‘ta konstruktiv munosabatlar o‘rnatgan, ular hozirgacha davom etmoqda. Ular ikki prezidentga eng murakkab muammolarni konstruktiv muhokama qilish imkonini beradi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Ukraina muzokaralarida Yevropaning ishtiroki muhokama qilinmadi
Tramp va Putin o‘rtasidagi suhbatda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini hal qilish bo‘yicha muzokaralarda yevropaliklarning ishtiroki muhokama qilinmadi, dedi Peskov. «Kechagi suhbatda Yevropa masalasi hech qanday tarzda muhokama qilinmadi», deya qo‘shimcha qildi u. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari muzokaralarda «qandaydir tarzda o‘z o‘rnini egallash uchun Vashington bilan gaplashishi» kerak bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada uchta katta shahar rahbarlari hibsga olindi
Jahon | 16:16
-
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi
O‘zbekiston | 15:51
-
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda
Jahon | 15:44
-
May oyida O‘zbekistonga 1,1 mlndan ortiq sayyoh tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 15:43
Mavzuga oid

14:30
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi

12:45
NBC: AQShdagi tekshiruvda qurol-yarog‘ taqchilligi aniqlanmadi

18:38 / 04.07.2025
Rossiyaning yozgi yurishi: Ukrainadagi vaziyat bir oy ichida qanday o‘zgardi?

13:50 / 04.07.2025