Nyu York hayvonot bog‘i pingvin va jirafalar tomonidan chizilgan rasmlarni kimoshdi savdosiga qo‘yadi
Bog‘ xodimlarining aytishicha, jonivorlarga mazali yegulik berilganda, ular rasm chizishga yanada yaxshiroq kirishadi.

Foto: AFP
Nyu York hayvonot bog‘i o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida pingvinlar, jirafalar, yalqovlar, kapibaralar va boshqa hayvonlar tomonidan yaratilgan san’at asarlarini e’lon qildi. Ushbu rasmlar gala-auksionda sotuvga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda UPI nashri.
“Rassomlarimiz Animal Art Auction kimoshdi savdosi uchun o‘z durdonalariga so‘nggi pardozni berish ustida astoydil mehnat qilmoqda”, — deb ta’kidlanadi xabarda.
Hayvonot bog‘i xodimi Mikaila Konvey ijodiy jarayon haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, rasm chizish hayvonlar uchun nafaqat rivojlantiruvchi mashg‘ulot, balki ko‘ngil ochish va his-tuyg‘ularini ifoda etish usuliga ham aylangan. Ammo baribir ularga qo‘shimcha motivatsiya kerak bo‘lgan. Masalan, pingvinlarga mazali yegulik va’da qilinganda yoki lazer ko‘rsatkich bilan yordam ko‘rsatilganida, ular rasm chizishga jiddiy yondashgan.
“Bizning pingvinlarimizni ham rasm chizishga undashning eng oson usuli — ularga ovqat berish”, — dedi Konvey.
“Dream Big Gala: Night Out on the Town” nomli katta kimoshdi savdosi 15 mart kuni o‘tkaziladi. Lotlar sifatida hayvonlar chizgan san’at asarlari taqdim etiladi. Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda asarlarning dastlabki ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilmoqda. Kimoshdi savdosi onlayn shaklda ham bo‘lib o‘tadi, to‘plangan mablag‘ esa hayvonot bog‘i va jonivorlarning ehtiyojlariga sarflanadi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
Mavzuga oid

23:35 / 19.06.2025
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi

22:37 / 19.06.2025
Tramp TikTok ilovasining AQShdagi faoliyatini 90 kunga uzaytirdi

22:26 / 19.06.2025
Isroil hujumlari fonida Eron va AQSh muzokaralari o‘tkazildi – OAV

12:23 / 19.06.2025