Nukusda “Mehnat va samara” birinchi xotin-qizlar forumi o‘tkazildi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashabbusi bilan o‘tkazilgan forumda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik rivojiga mas’ul tuzilmalar rahbarlari, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida biznes loyihalari moliyalashtirilgan ayol tadbirkorlar, o‘z biznesini tashkil etish istagida bo‘lgan xotin-qizlar, “Kichik biznesga ko‘maklashish hududiy markazi” vakillari ishtirok etishdi.

Foto: Biznesni rivojlantirish banki
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari Rustam Saparbayev, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB mas’ul xodimi Dilshod Umarov va boshqalar so‘zga chiqishib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Qoraqalpog‘istonda bu yo‘nalishda yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi.
Ilk bor o‘tkazilgan forum qoraqalpog‘istonlik ayol tadbirkorlar uchun o‘ziga xos muloqot maydoniga aylandi. Tadbirda ular tomonidan biznesni rivojlantirishga doir yangi takliflar va yangi biznes g‘oyalar o‘rtaga tashlandi.
Ishtirokchilarga “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan biznes uchun taklif etilayotgan yangi mahsulotlar va xizmatlar, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida joriy etilgan moliyaviy instrumentlar haqida axborot berildi.
Tadbirda ishtirok etgan Yamagata universiteti professorlari Omata Shinji va Tanabe Xiroyuki Yaponiyaning kichik biznesni rivojlantirish tajribalari hamda KAIZEN va LEAN uslublaridan foydalanib biznes yuritish borasidagi tajribalari bilan bo‘lishdi.
Forum doirasida bank moliyaviy ko‘magida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlarning ishlab chiqarish va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda 30 nafarga yaqin hunarmand va tadbirkor ayollarning mahsulotlari namoyish etildi.
Tadbir yakunida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Yamagata universiteti hamkorligida tashkil etilgan U-HOPE o‘qitish dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan 2-avlod trenerlari sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, “Biznesni rivojlantirish banki” 2024 yilda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 18 866 nafar xotin-qiz uchun 919 mlrd 800 mln moliyaviy mablag‘ ajratgan. Bankka biriktirilgan mahallalarda 1 868 nafar ayol tadbirkorlar 122 mlrd 900 mln so‘m miqdorida moliyalashtirilgan. Natijada 3 862 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
-
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi
Jahon | 00:30
-
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos
Jahon | 00:11
-
Isroil armiyasi Eronga qarshi harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:37 / 16.06.2025
Mavzuga oid

17:00 / 04.06.2025
"Biznesni rivojlantirish banki" ko‘magida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

19:00 / 02.06.2025
Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi

17:00 / 28.05.2025
"Biznesni rivojlantirish banki" biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

19:00 / 16.05.2025