Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi
2021 yilda Kapitoliyda yuz bergan tartibsizliklardan keyin Donald Trampning Twitter (hozirda X) akkaunti bloklangan edi. Shundan so‘ng Tramp ijtimoiy tarmoq ustidan sudga da’vo arizasini kiritgan. Kompaniya mazkur da’voni hal etish uchun 10 mln dollar to‘laydigan bo‘ldi.

Foto: The New York Times
Milliarder Ilon Maskka tegishli X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti o‘z akkaunti bloklanganidan keyin kiritgan da’voni hal etish maqsadida Donald Trampga qariyb 10 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Da’vo arizasi 2021 yilda Twitterʼga va kompaniyaning o‘sha vaqtdagi direktori Jyek Dorsiga qarshi ilgari surilgan edi.
Nashr suhbatdoshlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp jamoasi AQSh rahbarining Mask bilan yaqin munosabatda ekani va biznesmen uning saylovoldi kampaniyasiga 250 million dollar sarflagani sabab sud jarayonini to‘xtatish variantini ham ko‘rib chiqqan.
2021 yil yanvarda Facebook, Instagram va Twitter Donald Trampning akkauntlarini AQSh prezidentligi saylovlari natijasidan norozi bo‘lgan tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirganidan keyin bloklagan edi. Ijtimoiy tarmoqlar rahbarlariga ko‘ra, Tramp postlari orqali tartibsizlik ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlagan. 2022 yil noyabrda Twitterʼning egasiga aylangan Mask Trampning akkauntini blokdan chiqargandi.
Meta kompaniyasi 2025 yil yanvar oxirlarida 2021 yildagi da’voni hal etish uchun Trampga 25 million dollar to‘lashga rozi bo‘lgandi. The New York Timesʼga ko‘ra, 22 million dollar Trampning prezident kutubxonasini moliyalashtirishga, qolgan 3 million dollar esa sud jarayonlari kompensatsiyasi uchun yo‘naltiriladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

18:02 / 14.07.2025
SpaceX Maskning sun’iy intellekt kompaniyasiga 2 mlrd dollar investitsiya kiritadi

21:29 / 10.07.2025
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi

22:16 / 09.07.2025
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi

17:42 / 09.07.2025