Jamiyat | 10:50 / 13.02.2025
2226
1 daqiqa o‘qiladi

19 tup daraxtni kesib ketgan fuqaro tabiatga 435 mln so‘mlik zarar yetkazdi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 18 dekabr kuni fuqaro T.A tomonidan  jami 19 tup daraxt kesib ketildi. 

Viloyat prokuraturasi ma’lum qilishicha, tumandagi “Keriz” qabristoni hududida manzarali bo‘lgan 17 tup past bo‘yli qayrag‘och va 2 tup ko‘k terak daraxti noqonuniy kesilgan. 

Oqibatda o‘simlik dunyosiga 435 mln 750 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan. 

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid