Ilon Mask NATOni «to‘liq qayta tashkil etishga» chaqirdi
Amerikalik milliarder oldin ham NATOni tanqid qilgan va «NATO tugatilishi kerak» degan investorning fikrini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Foto: The New York Times
Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari, milliarder Ilon Mask NATOni to‘liq qayta tashkil etishga chaqirdi.
«NATO to‘liq qayta tashkil etilishga muhtoj», — deb yozadi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Mask oldin ham NATOga nisbatan keskin bayonotlar bildirgan. Xususan, o‘tgan yilning martida u investor Devid Saksning NATOning davri tugagani va u tugatilishi kerakligi haqidagi fikrini qo‘llab-quvvatlagan edi. «To‘g‘ri. NATOning dushmani va uning mavjudligi sababchisi Varshava pakti tarqatib yuborilganiga qaramay, u faoliyatini davom ettirayotganiga doim hayron qolaman», — deb yozgandi o‘shanda Mask. Ushbu bayonot ko‘pchilik tanqidiga uchragan edi. Jumladan, Latviya prezidenti Edgars Rinkevichs unga quyidagicha javob qaytargan: «Qadrli Ilon Mask NATOning tashkil etilishiga asos bo‘lgan sabab mavjud va mavjud bo‘ladi ham — bu Rossiya va erkin dunyoning boshqa dushmanlaridir».
Avvalroq Ilon Mask «Ozodlik radiosi» va «Amerika ovozi» media-korporatsiyalarini «radikal so‘l telbalar» deb atab, ularni soliq to‘lovchilarning pullarini behuda sarflashda ayblagandi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabrida Donald Tramp tadbirkor Ilon Maskni DOGE rahbari etib tayinlagan edi. DOGE «har yili 6,5 milliard dollarlik davlat xarajatlarida mavjud bo‘lgan katta isrofgarchilik va firibgarlikni yo‘q qiladi», degan edi o‘shanda Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, departament Oq uyning budjet idorasi bilan hamkorlik qiladi va «maslahat va ko‘rsatmalar beradi».
Mavzuga oid

22:28 / 09.03.2025
Yil boshidan beri Ilon Maskning boyligi 100 mlrd dollarga kamaydi

16:11 / 09.03.2025
Ilon Mask ukrainalik 10 nafar oligarxga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifini berdi

20:30 / 08.03.2025
Ilon Mask Oq uyda davlat kotibi Marko Rubio bilan janjallashdi – OAV

18:44 / 07.03.2025