Xitoy asteroid tahdidi tufayli planetar mudofaa jamoasini tuzadi
XXR mudofaa agentligi 2024 YR4 asteroidining Yer bilan to‘qnashish xavfi sabab planetar mudofaa sohasidagi tadqiqotlarini kengaytirmoqda.

Foto: Shutterstock
Xitoy mudofaa agentligi 2024 YR4 asteroidining 2032 yilda Yer bilan to‘qnashish xavfi oshib borayotgani fonida kosmik tadqiqotchilarni to‘plashni boshladi, deb xabar beradi SCMP.
Yevropa kosmik agentligi (EKA) asteroidning Yer bilan to‘qnashish ehtimolini 2,2 foizgacha yangiladi, natijada u agentlikning tahdidlar ro‘yxatidagi asosiy obektga aylandi.
O‘lchami 40-90 metr atrofida bo‘lgan asteroid 2024 yilning dekabrida Harvard universiteti Astronomiya instituti tomonidan aniqlangan edi. Ushbu kashfiyot Yer atrofidagi obektlarning global monitoring mexanizmini faollashtirib yubordi.
Potensial tahdidga javoban Xitoy planetar mudofaa sohasidagi tadqiqotlarini kengaytirmoqda va to‘qnashuvlarning oldini olish bo‘yicha choralarni ishlab chiqyapti.
Ma’lumot uchun, ushbu asteroid hozir Yerdan taxminan 43 million kilometr uzoqlikda. NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, 2032 yilda u 106 ming kilometr masofaga — Oygacha bo‘lgan masofaning uchdan bir qismiga yaqinlashadi. Biroq hisob-kitoblardagi noaniqliklar tufayli, trayektoriyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga olib kelishi ehtimoli bor.
Agar asteroid atmosferaga kirsa, u 1908 yildagi Tunguska meteoritiga o‘xshash kuchli havo portlashiga olib kelishi mumkin. Shunda zarba to‘lqini 2 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydondagi o‘rmonlarni vayron qilgan edi. Agar 2024 YR4 zichroq va temirga boy bo‘lsa, u yer yuzasida ulkan kraterni qoldirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
-
Qozog‘istonda elektr ta’minoti uzilgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi
O‘zbekiston | 23:25 / 19.06.2025
-
Saida Mirziyoyevani e’tirof etgan Putin, Parkentda quriladigan kurort va O‘zbekistondan ketayotgan Magnum – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:56 / 19.06.2025
-
Tramp TikTok ilovasining AQShdagi faoliyatini 90 kunga uzaytirdi
Jahon | 22:37 / 19.06.2025
Mavzuga oid

14:20 / 14.05.2025
Bog‘otdagi hodisa: aslida nima bo‘lgan?

09:41 / 14.05.2025
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi

23:01 / 22.04.2025
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi

17:43 / 04.04.2025