Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuk mashinalari importiga imtiyozlar 2028 yilgacha uzaytiriladi
«Yevro-5» va undan yuqori ekologik standartlarga javob beradigan yuk mashinalari yana uch yil davomida bojxona bojlari va utilizatsiya yig‘imlaridan ozod qilinadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda transport infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini ma’lum qildi.
Mahalliy ekspeditorlarning xalqaro yuk tashishdagi ulushini oshirish maqsadida ular QQS to‘lashdan ozod etildi. Natijada Transport vazirligi joriy yilda ularning ulushini 25 foizga, 2026 yilgacha esa 50 foizga oshirishi kerak.
«Yevro 5» va undan yuqori ekologik standartlarga javob beradigan yuk mashinalari 2021 yil avgustidan 2025 yil 1 yanvarigacha bojxona bojlari va utilizatsiya yig‘imlaridan ozod etilgandi. Prezident mazkur imtiyozni yana uch yilga (2028 yilgacha) uzaytirishni ma’qulladi.
Shavkat Mirziyoyev mas’ul mutasaddilarga xususiy aviakompaniyalar bilan hamkorlikda Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Termizga parvozlar sonini ikki barobar oshirish, shuningdek, joriy yilda havo qatnovlari hajmini kamida 20 foiz ko‘paytirish, 15 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishni topshirdi.
Davlat rahbari Toshkent, Yangiyo‘l, Chinoz va Sirdaryo tumanlari o‘rtasida qatnovchi zamonaviy elektropoyezd qatnovini tezlashtirish zarurligini ham ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

07:47 / 11.07.2025
O‘zbekiston 5 oyda qariyb 10 mingta elektromobil import qildi

13:56 / 09.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi

15:34 / 04.07.2025
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi

19:40 / 28.06.2025