Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi bilan qo‘lga olindi
Uning avtomobili salonidan 50 dona «Zardeks» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi topilgan.

Foto: Sirdaryo viloyati prokuraturasi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi muomalasi taqiqlangan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi bilan qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Qayd qilinishicha, unga tegishli Spark avtomobili to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, salonda 50 dona «Zardeks» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. Xabarda bu shaxsning ismi-sharifi keltirilmagan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga mazkur dori vositalarini sotgan Camarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Toshkent shahrida qo‘lga olingan. Undan 300 dona «Zardeks» ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ta’kidlanishicha, ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘llar bilan keltirilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:35 / 10.03.2025
Buxoroda prokurorning katta yordamchisi 2,5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

10:18 / 07.03.2025
DXX yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq holatlarni aniqladi

10:21 / 01.03.2025
DXX sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimini qo‘lga oldi

16:53 / 28.02.2025