Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya «Gulnora Karimova ishi» doirasida musodara qilingan yana 182 mln dollarni O‘zbekistonga qaytaradi
O‘zbekiston hukumati va Shveytsariya federal kengashi o‘rtasida imzolangan bitimga ko‘ra, Shveytsariya bosh prokuraturasi tomonidan Gulnora Karimovaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ish yurituvi doirasida to‘laqonli musodara qilingan taxminan 182 million dollar miqdoridagi mablag‘lar qaytariladi. Mablag‘lar BMTning ko‘p sheriklik trast jamg‘armasi orqali qaytariladi.

Foto: Adliya vazirligi
6 fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov hamda Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Obolenskiy o‘rtasida «Musodara qilingan aktivlarni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim» imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Bitim doirasida taxminan 182 million dollar miqdoridagi mablag‘lar O‘zbekistonga qaytarilishi belgilangan. Mazkur mablag‘lar O‘zbekistonning ayrim fuqarolari tomonidan noqonuniy orttirilgan bo‘lib, 2012 yilda Shveytsariya bosh prokuraturasi tomonidan G.Karimovaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ish yurituvi doirasida to‘laqonli musodara qilingan edi», deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, mablag‘lar BMTning «Uzbekistan Vision 2030 Fondi» Ko‘p sheriklik trast jamg‘armasi orqali qaytariladi.
2022 yil 16 avgustda Shveytsariyaning Bern shahrida O‘zbekiston va Shveytsariya o‘rtasidagi «Shveytsariya Konfederatsiyasi hududida musodara qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni O‘zbekiston Respublikasi aholisining manfaatlari yo‘lida qaytarish usullari to‘g‘risidagi bitim» imzolangandi. Ushbu bitim noqonuniy orttirilgan aktivlarni BMTning «Uzbekistan Vision 2030 Fondi» deb nomlangan Ko‘p sheriklik trast jamg‘armasi orqali O‘zbekistonga qaytarish mexanizmi hamda asosiy tamoyillar va maqsadlarni belgilaydi.
Mazkur ishlar doirasida 2022 yil avgustda imzolangan birinchi bitim taxminan 131 mln dollar miqdoridagi mablag‘lar O‘zbekistonga qaytarilishini nazarda tutadi. Yangi bitim imzolanishi bilan O‘zbekiston aholisining manfaatlari yo‘lida qaytarilgan mablag‘larning jami miqdori 313 million dollarga yetadi.
«Uzbekistan Vision 2030 Fondi» orqali qaytarilayotgan mablag‘lar O‘zbekiston aholisi manfaatlari uchun, xususan sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilishi aytilmoqda. Fond va uning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq manbada o‘zbek va ingliz tillarida fondning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
-
Andijon va Surxondaryoda coliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
-
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 09:56
-
Xorijliklarga safarbarlik davrida Rossiya QKda xizmat qilishga ruxsat berildi
Jahon | 09:44
Mavzuga oid

08:03 / 08.07.2025
Tehronda AQSh manfaatlarini ifodalovchi Shveytsariya dipmissiyasi qayta ochildi

14:27 / 03.07.2025
Shveytsariya G‘azodagi «oziq-ovqat tuzog‘i» - GHFʼni yopmoqda

21:20 / 25.06.2025
Shveytsariya ukrainalik qochoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etmoqda

15:50 / 30.05.2025