Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pillachilik sohasida ayollarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha tartib tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan pillachilik sohasida ayollarni bosqichma-bosqich ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha tartib tasdiqlandi. Hujjat bilan sohada band bo‘lgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlar elektron platformaga kiritilishi belgilandi.

Foto: Elyorbek Mamajonov
O‘zbekistonda pillachilik sohasida band bo‘lgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlar yangiish.mehnat.uz platformasiga kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining «Pillachilik sohasida ayollarni bosqichma-bosqich ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, prezidentning 2024 yil may oyida tegishli farmoniga muvofiq, 2027 yilga qadar pillachilik sohasida mavsumiy bandlikni 2 million kishiga yetkazish rejalashtirilgan.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi pillachilik klasterlari bilan birgalikda ishsiz ayollarni ipak qurti yetishtirish agrotexnikasi va uni qayta ishlash ko‘nikmalarini o‘rgatish kurslariga jalb qilmoqda.
Bunda ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslarning bandligi 105 ming gektar yer maydonida yangi tut plantatsiyalarini barpo etish va dalalar chetiga yangi tut ko‘chatlarini ekish hisobidan ustuvor tartibda ta’minlanadi.
O‘quv kurslarini video-konferens-aloqa orqali o‘tkazishda ishtirok etish uchun Xitoy, Vetnam, Hindiston, Yaponiyadan pillachilik mutaxassislarini taklif etish rejalashtirilmoqda.
Sohada band bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlar yangiish.mehnat.uz platformasiga kiritiladi. Shu yerda kurslarda ta’lim olgan va doimiy hamda mavsumiy ishga qabul qilingan ayollar soni hisobga olinadi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi asosiy parametrlarga muvofiq pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning doimiy va mavsumiy ishlarga qabul qilingani hisobini ham shu platforma orqali yuritadi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

14:59 / 30.07.2025
Ayollarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy loyihalar moliyalashtiriladi

15:33 / 23.07.2025
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

13:12 / 29.05.2025