Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik hamshiralar Qatarga ishga yuboriladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakillaridan iborat mamlakat delegatsiyasi Qatarga tashrifi davomida Hamad Medical Corporation davlat kompaniyasi direktori Muhammad bin Xalifa Al-Suvaydiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Hamad Medical Corporation boshqaruvchi direktori Muhammad bin Xalifa Al-Suvaydiy O‘zbekiston Qatarning strategik hamkori va yuqori ishchi kuchi salohiyatiga ega davlat ekanini hamda mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Uning aytishicha, Hamad Medical Corporation turli profildagi 15 ta shifoxonani birlashtiradi. Ularda 35 mingdan ortiq xodim, jumladan, 12 ming hamshira ishlaydi. Ular har yili Qatar va mintaqaning boshqa davlatlaridan kelgan 3 milliondan ortiq bemorga xizmat ko‘rsatadi.
Hamad Medical Corporation vakillari agentlik faoliyati va O‘zbekistondagi tashqi mehnat migratsiyasi mexanizmlari, xalqaro hamkorlar bilan aloqalarning mavjud muvaffaqiyatli modellari bilan batafsil tanishdilar.
Muzokaralar natijasida malakali tibbiyot mutaxassislarini tanlash, ularning kasb va til o‘rganishi, ishchi vizalarini rasmiylashtirish, Dohaga kelishi, yashashi va Hamad Medical Corporation'da munosib mehnat sharoitlari bilan ta’minlanishi kabi masalalarni hal etish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

08:32 / 11.07.2025
Ummon, Kuvayt, Bahrayn va Qatarda "O‘zbekiston – Ipak yo‘li durdonasi" forumi bo‘lib o‘tdi

22:57 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi

12:11 / 24.06.2025
Germaniya Eronning Qatardagi AQSh bazasiga hujum qilish rejalari haqida bilmagan

03:43 / 24.06.2025