Ikki kunga bormagan bojlar: Tramp Kanada va Meksikaga savdo tariflarini kechiktirdi
Donald Tramp Meksika va Kanadadan import qilinayotgan mahsulotlarga 25 foiz, Xitoynikiga esa 10 foizlik yangi bojlar kiritib, oradan 2 kun ham vaqt o‘tmay ularni to‘xtatib turishga qaror qildi. Shimoliy Amerikada juda ko‘p turdagi tovarlar narxi oshishiga olib keluvchi boj siyosatiga 1 oylik tanaffus berildi. Lekin Xitoy uchun bu tariflar amalda.

Tramp Kanada bosh vaziri va Meksika prezidenti bilan telefon orqali muloqot qilarkan, ikkala davlat bilan shunga kelishganini ma’lum qildi. Evaziga ham Meksika, ham Kanada AQSh chegaralarini yaxshiroq qo‘riqlaydi.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo yig‘imlar haqida yozarkan, u X ijtimoiy tarmog‘ida «prezident Tramp bilan yaxshi suhbatdan keyin» avval joriy qilingan tariflar «birgalikda ishlashda davom etar ekanmiz, kamida 30 kunga to‘xtatiladi» deb yozdi.
Donald Tramp esa «shanba kuni e’lon qilingan tariflar Kanada bilan yakuniy iqtisodiy kelishuv tuzilishi mumkinligini ko‘rish uchun 30 kunga to‘xtatilishini ma’lum qildi.
Har ikki rahbar, shuningdek, Ottava ikki davlat chegarasini himoya qilish va transchegaraviy narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashni kuchaytirish uchun 1,3 milliard dollar sarmoya kiritishini aytdi. «Kanada bizning shimoliy chegaramiz xavfsizligini ta’minlashga rozi bo‘ldi», deb yozadi Tramp Truth Social’da.
Bundan tashqari Tramp Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum bilan ham 3 fevral kuni telefon orqali gaplashgan. Muloqot do‘stona o‘tgani aytiladi, AQSh Meksikaga ham belgilagan tariflarini 1 oyga to‘xtatadigan bo‘ldi, evaziga esa Meksika o‘zining AQSh bilan shimoliy chegarasiga 10 ming askar jo‘natadi, nazoratni kuchaytiradi. Xususan, Amerikaga noqonuniy narkotik moddalar, jumladan fentanil oqimi to‘xtashi kerak. Vashington esa AQShdan Meksikaga og‘ir o‘qotar qurollarning noqonuniy o‘tmasligini ta’minlash majburiyatini oladi.
Shunday qilib, Meksika va Kanadaning 25 foizlik bojlari hozircha bekor qilingan, faqat Xitoyga belgilangan 10 foiz amalda qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Yevropa brendlariga antidemping bojlarini joriy etdi
Jahon | 21:57
-
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi
Jahon | 21:52
-
«Bu hazilmi?» – peruliklar prezident maoshining ikki baravar oshirilganini keskin muhokama qilishyapti
Jahon | 20:44
-
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi
Jahon | 20:40
Mavzuga oid

20:06
Zelenskiy va Tramp telefon orqali muloqot qildi

18:50
AQSh savdo bitimini tuzmagan davlatlarga ogohlantiruvchi xat yuborishni boshladi

12:26
Putin Trampning urushni tezroq tugatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

22:00 / 03.07.2025