Turkmaniston 2022 yilgi aholini ro‘yxatga olish natijalarini e’lon qildi
Mamlakat aholisi 7 milliondan oshdi, ularning qariyb 10 foizi – o‘zbeklar.

Foto: AFP/Getty Images
Turkmaniston Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yilgi aholini ro‘yxatga olish jarayonining milliy tarkib, bandlik va boshqa ma’lumotlarini e’lon qildi.
Turkmanistonda so‘nggi aholini ro‘yxatga olish 2022 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan va 2023 yil iyul oyida aholining umumiy soni – 7 057 841 kishi ekani e’lon qilngan edi.
Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, turkmanistonda ruslar soni 2,6 barobar, qozoqlar soni 7,4 barobar, ukrainlar soni 9 barobar kamaygani ma’lum bo‘ldi. Turkmaniston mustaqillikka erishgach, qozoqlar, ruslar va ukrainlar Turkmanistonni ommaviy ravishda tark etib, tarixiy vataniga ko‘chishni boshlagan. Shu bilan birga, o‘zbeklar soni 1,6 barobar, balujlar soni esa 2,4 barobar ko‘paygan. Balujlarning aholi sonidagi ulushi ulushi ham oshgan, o‘zbeklarniki deyarli o‘zgarmagan.
Turkmaniston bo‘yicha 642 ming o‘zbekning aksariyati (489 ming) Dosho‘g‘iz viloyatida istiqomat qiladi. Viloyatda ularning ulushi ham 1995 yildan beri deyarli o‘zgarmagan va 31,57 foizni tashkil qiladi. Balujlar asosan Mori viloyatida to‘plangan - 85 ming. Viloyat aholisiga nisbatan bu 5,29 foizni tashkil qiladi.
Ona tillar orasida, albatta, turkman tili birinchi o‘rinda turadi. Ammo rus tilida 1995 yildagiga qaraganda 2,6 baravar kam odam so‘zlashadi (348 ming kishiga nisbatan 136 ming kishi). Shu bilan birga, 478 ming kishi o‘zbek tilini ona tili sifatida ko‘rsatgan va bu uni ikkinchi o‘ringa qo‘ygan. Baluj tili to‘rtinchi o‘rinda (rus tilidan keyin).
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi
Jahon | 18:19
-
Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan ulkan chang buluti AQShga yaqinlashmoqda
Jahon | 18:15
-
Moskva markazida chechenlar odam o‘g‘irlashdi
Jahon | 18:07
Mavzuga oid

15:49 / 03.06.2025
Qozog‘iston mintaqalarining yarmidan ko‘pida aholi soni kamayishi davom etmoqda

12:10 / 30.05.2025
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi ochiqlandi

19:53 / 28.05.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt statistika to‘plash uchun odamlarga telefon qiladi

10:40 / 28.05.2025